• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi




    Download 10,7 Mb.
    bet42/51
    Sana08.12.2023
    Hajmi10,7 Mb.
    #113740
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
    Bog'liq
    7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo‘lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g‘ururimiz ekanligini singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O‘qituvchi:
    Shaxsan men “Temur tuzuklari” ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman. O‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan so‘zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.
    Sohibqiron Amir Temur o‘gitlari:

    • Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi;

    • Men o‘z saltanatimni dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim;

    • Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim;




    Download 10,7 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




    Download 10,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi

    Download 10,7 Mb.