|
2. Yo’lovchi transportining avzalliklari va kamchiliklari Yo’lovchilarni tashishda zamonaviy texnologiyalar Yo’lovchi transportini litsenziyalash
|
bet | 3/7 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 31,36 Kb. | | #118974 |
Bog'liq jthte022-yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar shunday tartib joriy etildi:
yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari 4 ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar «Uztrans» axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;
o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobilь transporti tom qismiga «TAXI» tanish belgili to‘qsariq rangli fonarь o‘rnatiladi;
Asosiy tushunchalar:
yo‘lovchi – tashish xizmatidan foydalanuvchi shaxs;
tashuvchi - mulk huquqida transport vositalariga ega bo‘lgan, yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tadbirkor;
yo‘nalishsiz taksi - taksometr ko‘rsatkichiga ko‘ra yo‘lovchilar talabiga binoan haq evaziga xizmat ko‘rsatadigan transport vositasi;
yo‘nalishli taksi (marshrutka) - doimiy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasi (mikroavtobus va boshqalar);
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2. Yo’lovchi transportining avzalliklari va kamchiliklari Yo’lovchilarni tashishda zamonaviy texnologiyalar Yo’lovchi transportini litsenziyalash
|