|
shart.
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lash
|
bet | 7/7 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 31,36 Kb. | | #118974 |
Bog'liq jthteshart.
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini to‘lash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doirada belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yo‘lovchilar tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
ransport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda.Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli yuqori talabga ega hisoblanadi.2022- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 64,0 % ga yetdi. Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-mart oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 68,6 % ni tashkil etgan.
Xulosa
Hozirgi kunda yirik shaharlarni yaxshi tashkil etilgan yo‘lovchi tashish transport vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zamonaviy yirik shaharlarning shahar yo‘lovchi tashish transporti turli xil transport turlarini birlashtirgan murakkab ko‘p tarmoqli iqtisodiyot bo‘lib, ular orasida yo‘nalishli jamoat transport alohida o‘rin tutadi.
Yo‘lovchilar uchun qulay, xavfsiz, tezkor va ishonchli bo‘lgan jamoat transporti xizmatini tashkil etish barcha megapolis shaharlardagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholining keng qatlami o‘z shaxsiy transport vositalaridan ko‘ra aynan jamoat transportini afzal bilib uning xizmatlaridan foydalanishi uchun esa avvalambor, jamoat transporti har tomonlama (vaqt nuqtai nazaridan, moliyaviy jihatdan, qulayligi bilan) jozibador bo‘lishi talab etiladi.
Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasining ortishi bilan yil sayin avtotransport vositalarinnig soni ham ortib bormoqda. Oxirgi 10 yilda birgina poytaxtimiz Toshkent shahrida avtomobillar soni 250 mingtadan 510 mingtaga, ya’ni 2 baravar oshgan.
Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda-Konsepsiya) poytaхt aholisi va mehmonlarining sifatli, ommabop va хavfsiz transport хizmatlariga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish hamda yoʻlovchilarga qulay va хavfsiz harakatlanish muhitini yaratish uchun jamoat transport tizimini kompleks rivojlantirishning oʻrta muddatli maqsadlar, vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Unda quyidagi boʻlimlar mavjud:
Toshkent shahar jamoat transport tiziminint joriy holati va mavjud muammolar;
Konsepsiyaning asosiy maqsadi va ustuvor yoʻnalishlari;
transport tizimida mavjud muammolarni hal etish yoʻllari;
Konsepsiyani amalga oshirish va undan kutilayotgan natijalar;
Konsepsiyani amalga oshirish meхanizmlari.
|
| |