|
2021 O‘rgatuvchi elektron muhitni yaratishga qo‘yiladigan metodik talablarBog'liq o-rgatuvchi-elektron-muhitni-yaratishga-qo-yiladigan-metodik-talablarOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
303
w
www.oriens.uz
November
2021
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, XXI asr fan texnika asrida o‘qib kelayotgan yosh avlodni
voyaga yetkazishda oilada, maktabda chuqur bilim berish va odob-axloq qoidalarini
ham birga olib borish bugungi kunda zamon talabi hisoblanadi. Buning uchun
mamlakatimizda shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, faqatgina buni amalga oshirish
yoshlarimizning dunyoqarashini qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liq. O‘rgatuvchi
elektron muhitni ta’limda qo‘llash yoshlar dunyoqarashini o‘zgartirish va web
dasturlashni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
O‘rgatuvchi elektron muhit foydalanuvchilari o‘quvchilar hisoblanadi va yuqori
didaktik potensiali aniq psixologik - pedagogik asosga ega bo‘lgan manbalardan
foydalangan holda takomillashtiriladi, mustaqil ishlashi uchun o‘quvchilarning bilim
darajasini hisobga olinadi, ularning ko‘pchiligi mustaqil, deyarli o‘qituvchi
yordamisiz o‘qishlariga sharoit yaratiladi. Natijada o‘qituvchining faol bo‘lgan
o‘rnini o‘quvchilar egallashi va uni rag‘batlantirish esa o‘qituvchining asosiy
vazifasiga aylanishidan iboratdir.
Web dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit o‘qituvchi tomonidan o‘quv
jarayonida qo‘llanishi natijasida o‘quvchilarga quyidagi kompetensiyalarni
shakllantiradi:
-
o‘quv jarayonini vizuallashtirish va virtuallashtirish metodlarini rivojlantiradi;
-
“ta’lim beruvchi - ta’lim oluvchi” alokasini o‘zgartiradi;
-
auditoriyadan tashkaridagi o‘kuv faoliyatida mustakil ishlash samaradorligini
oshiradi;
-
ta’lim muhiti doirasida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish sifatini tizimli nazorat
kiladi, ta’lim jarayonini tashkillashtiradi;
-
ta’limni tashkil etishda ta’lim oluvchi javoblarining intellektual tahlili
|
| |