• Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Key words: technological education, interactive method, creativity, interactive education system
    training, purpose, logical thinking. 
    Kirish. Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida malaka talablari boʻlajak texnologiya 
    fani oʻqituvchilarining ijodkorligini rivojlantirishning padagogik shart-sharoitlari, mexanizmi, metodlari 
    hamda texnologiyalarini ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida 
    talabalarning shaxsiy rivojlanishi, ularning ijodiy fikrlash, mustaqillik, faollik, munosabatlarining boyib 
    borishi, dunyoqarashlarining oʻsib borishi, oʻz-oʻzini nazorat qilish va tarbiyalashga boʻlgan ehtiyojlarining 
    shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. 
    Oʻqituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarning qobiliyatlarini 
    rivojlantirish, oʻz-oʻzini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, 
    ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, 
    fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, oʻz nuqtayi nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini 
    topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin [1]. 
    Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻqituvchi talabalarning ta’lim-tarbiya 
    jarayonidagi aniq maqsadga erishish yoʻlida oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi.
    Asosiy qism. Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida gap 
    borganda interfaol usullarning oʻquv jarayoniga qoʻllanilishi tushuniladi. Interfaollik bu oʻzaro ikki kishi 
    faolligi, ya’ni oʻquv-biluv jarayoni oʻzaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki 
    oʻquvchi-oʻqituvchining oʻzaro muloqoti asosida kechadi. Interfaollik - oʻzaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, 
    u oʻquvchi va oʻqituvchi muloqotlarida sodir boʻladi. Interfaol usulning bosh maqsadi oʻquv jarayoni uchun 
    eng qulay vaziyat yaratish orqali talabaning faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U oʻzining 
    intellektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va oʻquv sifati va samaradorligini oshiradi. 
    Interfaollik asosida oʻtgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham talaba 
    chetda qolmaydi, ya’ni ular koʻrgan, bilgan, oʻylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega 
    boʻladilar. Talabalarning har bir bildirgan fikrlari, u toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻlishidan qat’i nazar tanqid 
    qilinmaydi [2]. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish