, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
81 
oʻninchidan, ta’lim muassasalarida ma’naviy-madaniy tadbirlar, turli yoʻnalishdagi koʻrik-tanlov va 
musobaqalarni mahalla a’zolari ishtirokida mazmunli, ommaviyligi va natijadorligini ta’minlagan holda 
tashkil etish; 
oʻn birinchidan, hamkorlikda olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib 
borishdir. 
Ta’kidlash joizki, yoshlar tarbiyasida hamkorlikning ahamiyati beqiyos boʻlib, bunda ishtirok etuvchi 
tarbiyachi quyidagilarni amalga oshira bilishi lozim: ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish 
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida 
toʻliq ma’lumotga ega boʻlishi; oʻqitish jarayoni va tarbiyaning barkamol shaxsni shakllantirishga 
yoʻnaltirilganligini; ta’lim oluvchilarni huquqiy tarbiyalash va huquqbuzarlikni bartaraf etishga qaratilgan 
tadbirlar tashkil qila bilishni; ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mohiyatini bilishi; talabalar psixologiyasini 
bilishi; asosiy tushunchalar, qonunlar va modellar, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash usullari 
va vositalarini; ijtimoiy-gumanitar fanlar oʻrtasidagi aloqadorlik va hamkorlikni amalga oshirishni; 
oʻqitiladigan fanning mutaxassis shaxsini shakllantirishdagi umuminsoniy jihatlarini; talabalarni ma’naviy, 
axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda ta’lim muassasalari, jamoat 
tashkilotlarining burchlarini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni; talabalarni tarbiyalash 
jarayonida psixologiya asoslarini bilishi va qoʻllay olishni; milliy istiqlol mafkurasi, umuminsoniy 
qadriyatlar ustivorligi asosida ta’lim oluvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishni; talaba 
yoshlar milliy gʻoyaviy ongini shakllantirishning dasturini ishlab chiqish, tavsiya va takliflar bilan ishtirok 
etishni; talabalarda vatanparvarlik, milliy gʻurur va oʻz-oʻzini anglash, oʻz xalqining va boshqa xalqlarning 
tarixiga, madaniyatiga va an’analariga hurmat, bilim va haqiqatga intilish, mehnatsevarlik, tadbirkorlik va 
qonunga boʻysunish hissiyotlarini shakllantirishni; talaba yoshlarni oʻquv jarayonlarida milliy gʻoya va 
mafkura mazmuni bilan tanishtirib borishni; ta’lim oluvchilarni estetik rivojlantirish, ularni ajdodlarimizning 
va jahon sivilizatsiyasining boy merosi bilan tanishtirishni; kelajagi buyuk davlatni qurishga yoʻnaltirilgan 
fuqaroviy va ijodiy faollikni shakllantirishni; soʻzlash madaniyatini; ta’lim oluvchilarning ota-onalari bilan 
ishlash boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi shart. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish