• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • Adabiyotlar
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Metodning afzalligi. Dars jarayonlarida The wheel of logical reasoning (Mantiqiy fikrlar 
    charxpalagi) metodini qoʻllash, talabalarni oʻrganilgan yangi mavzu asosida mantiqiy fikrlash, oʻtilgan 
    mavzularga bogʻlash, berilgan topshiriq yuzasidan mustaqil qarorlar qabul qilish, oʻz-oʻzini baholash 
    malakalarini shakllantirish, qisqa vaqt ichida nazoratchi oʻqituvchi tomonidan talabalar bilimini baholashga 
    erishishga imkoniyatlar yaratadi [3, 4, 5]. 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    78 
    Oʻquv jarayonida talabaning oʻziga-oʻzi baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. Oʻquvchi uchun 
    dars qiziqarli oʻqitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. Oʻqish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr 
    yurita olishiga, izlanishiga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda oʻtilgan darslarda oʻquvchi faqat 
    ta’lim mazmunini oʻzlashtiribgina qolmay, balki oʻzining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. 
    Bunday sharoitda oʻqituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar boʻyicha chuqur 
    mushohada yuritishga, muammolarni oʻz vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega boʻlishi kerak. 
    Xulosa shuki, texnologiya fani oʻqituvchisining ijodkorligi amaliy dars jarayonlarida namoyon 
    boʻladi. Amaliy dars jarayonlarini jadallashtirish uchun esa interfaol metodlardan foydalanish muhim 
    xususiyat kasb etadi. Interfaol metodlar oʻz mohiyatiga koʻra, ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarni amalga 
    oshirishda, ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlasada, biroq ularning har biri ta’lim va tarbiya 
    jarayonida samaradorlikni ta’minlashda turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli oʻqituvchilar darsda interfaol 
    metodlarni tanlashda oʻrganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim boʻlgan masalaga e’tibor 
    qaratishi lozim. 
    Adabiyotlar 
    1. Muxamedov Oʻ.X., Usmonboyeva M.H., Rustamov S.S. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy 
    interfaol metodlar: Oʻquv-uslubiy tavsiyalar. – T.: “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. – 45 
    b. 
    2. Tolipov Oʻ., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. -T.: “Fan”, 2006. -260 
    bet.
    3. Rasulova Z.D. “Servis xizmati” fanidan elektron oʻquv qoʻllanma dasturi // Oʻzbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasi. –
    Toshkent, 2021. – DGU № 55276. 
    4. Расулова З.Д. Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления // 
    European science № 2 (51). Part II. Москва, 2020, – С. 65-68. 
    5. Rasulova Z.D. Technologies for the development of students creative сompetence in professional 
    activity. International conference science and education // uluslararasi konferans bilim ve eğitim. Turkey. 
    2021. – P. 69-71. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish