|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 109/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1
Kirish. Yangi Oʻzbekiston sharoitida yoshlarimizni har tomonlama yetuk mukammal va zukko
boʻlmogʻi zamon talabiga aylanib bormoqda. Mustaqil Oʻzbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan yangi demokratik fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan bir paytda istiqlolning moddiy, iqtisodiy,
siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish hamda davlatimiz kuch-qudrati, ertamiz
kelajagi boʻlgan yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash, oldimizda turgan eng buyuk maqsaddir.
Jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning
strategik yoʻnalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish; tinchlik va
osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik
gʻoyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targʻibot ishlarini olib borish;
aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik gʻoyalarini kuchaytirish, diniy bagʻrikenglik va
millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, bu borada oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini
yuksaltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4307-sonli Qarori [2] qabul
qilingan edi.
2019-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1059-sonli Qarori [3] e’lon
qilinib, 8 bob va 70 banddan iborat uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi ilova qilindi. Shuningdek, ushbu
konsepsiyada uzluksiz ma’naviy tarbiyani oilada, maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maxsus
kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan hamda band boʻlmagan yoshlar
oʻrtasida amalga oshirish boʻyicha vazifalar koʻrsatib berildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning
pirovard natijasi yoshlarimiz ma’naviyati, ma’rifatiga bogʻliqdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 26-mart 2021-yil
PQ-5040-son Qarorida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
belgilab berildi.
Umuman olganda, yoshlar tarbiyasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan shu
maqsadlarga qaratilgan.
Asosiy qism. “Tarbiyaning lugʻaviy ma’nosi – “oʻstirish, rivojlantirish”. Tarbiya insonni moddiy va
ma’naviy kamolotga eltuvchi nizom. Nizom uslublari, asoslari, maqsad-muddaolari oʻzgarsa, tarbiya ham
yangicha koʻrinish kasb etadi [4].
https://buxdu.uz
|
| |