“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
80 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning pirovard natijasi yoshlarimizning 
ma’naviyati, madaniyati, ongu shuuriga bogʻliqdir. Bu borada mamlakatimizda barkamol avlodni 
shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan 
islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilib kelinmoqda. 
Yoshlar tarbiyasida oila-mahalla-ta’lim hamkorligini modernizasiya qilishning asosiy omillari ham xuddi 
ana shundadir. Yoshlar tarbiyasida hamkorlikni ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir: 
birinchidan, ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlash, shu orqali ota-
onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, oʻzaro munosabati va mas’uliyatini kuchaytirish; 
ikkinchidan, ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada 
takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish; 
uchinchidan, voyaga yetmaganlarning qarovsizligi va ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan 
jinoyatlarning oldini olish, yoshlarni turli yot gʻoyalar tahdididan himoya qilish, sogʻlom turmush tarzini 
targʻib qilish, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va 
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; 
toʻrtinchidan, maktab bitiruvchilarini qiziqishlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalariga qamrab olish, oʻquvchilarni dars jarayoniga toʻliq jalb etish va bitiruvchilarni ish bilan 
ta’minlash; 
beshinchidan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik 
ishlari, ayniqsa, ta’lim tizimidagi islohotlar haqida oʻquvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikni uzviy 
xabardorligini ta’minlash; 
oltinchidan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni har tomonlama 
qoʻllab-quvvatlash; 
yettinchidan, qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli 
va tamaki mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. 
Mazkur vazifalarning joylardagi ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish, sifatli va toʻlaqonli amalga 
oshirish, samaradorlik va natijadorlikka erishish barcha mas’ul subyektlar – avvalo oila, mahalla, ta’lim 
muassasasining, shuningdek, tegishli davlat organlari, biznes vakillari, nodavlat tashkilotlar, ommaviy 
axborot vositalarining hamkorligidagi muhim vazifasidir. 
Barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy boʻgʻinlardan biri, ota-onalar va mahalla bilan yaqin hamkor, 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga mas’ul boʻlgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat boʻlmogʻi lozim: 
birinchidan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan
oʻzining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega boʻlgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga 
qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash; 
Ikkinchidan,ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning ichki tartib odob-axloq qoidalariga toʻliq amal 
qilishini ta’minlash; 
uchinchidan, ta’lim muassasalarida sogʻlom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, korrupsiyaga 
qarshi kurashish; 
toʻrtinchidan, oʻquvchilar oʻrtasida milliy mafkurani targʻib qilish, aqidaparastlik, diniy ekstremizm 
va milliy taraqqiyotimizga zararli boshqa gʻoyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil 
etish; 
beshinchidan, oʻquvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiya olish jarayonida turli xil chalgʻituvchi vositalar 
(uyali aloqa vositalari, videotasmalar, internet tarmogʻidagi ma’lumotlar, kompyuterdagi oʻyinlar)ning zarari 
va ularning oqibatlarini oldini olish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish; 
oltinchidan, huquqbuzarlikka moyilligi bor, tarbiyasi ogʻir, ta’lim muassasasi va ichki ishlar idoralari 
profilaktika roʻyxatiga olingan, dars vaqtida masjidga qatnaydigan oʻquvchilarga mas’ullarni biriktirish, 
ta’lim-tarbiyasi va xulq-atvorini alohida nazoratga olish; 
yettinchidan, ta’lim muassasalaridagi davomatni ta’minlash va yaxshilash boʻyicha jamoatchilik 
nazoratini kuchaytirish; 
sakkizinchidan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ta’lim muassasalari va 
mahallalarda fan, sport va qiziqishlar boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini kuchaytirish va doimiy monitoring 
yuritish; 
toʻqqizinchidan, Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish, yetakchilarga 
metodik yordam koʻrsatish, liderlikni targʻib qilish va qoʻllab-quvvatlash; 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish