|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 118/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
85
Kommunikativ kompetensiyaning zamonaviy jamiyatda, kundalik hayotda, kasbiy faoliyatda oʻrni
juda muhim. Kommunikativ kompetentlik pedagog tomonidan tanlangan kommunikatsiya uslubida va
muloqotdagi rolli oʻrinlarda oʻz ifodasini topishi mumkin, ular yetakchilik qiluvchi oʻzaro ta’sir qilish
maqsadlari bilan ta’minlanib, barqaror ekspressiv xususiyatlar, shu bilan bir qatorda, muloqot vaziyati
jarayonidagi kommunikativ harakatlar bilan tavsiflanadi. Pedagogning kommunikativ pozitsiyasi uning
muloqotning belgilangan maqsadlariga erishish yoʻllari hamda suhbatdoshi shaxsiga nisbatan boʻlgan
munosabati, shuningdek, oʻzaro ta’sirning aniq muloqot uslubi jarayonida amalga oshishi mumkin boʻlgan
oʻziga xos talablarini aks ettirishi mumkin. Kommunikativ kompetentlikning mohiyati va tuzilishini
sinchkovlik bilan oʻrganish bizga ikkita, oʻzaro bogʻliq va oʻzaro aloqada boʻlgan darajalarni ajratish
imkonini berdi: birinchi daraja bevosita muloqotning oʻzida kommunikativ kompetentlikning namoyon
boʻlishini belgilab beradi, ya’ni insonning kommunikativ xulq-atvorida; ikkinchisi, oʻqituvchi kasbiy
motivatsiyasining oʻziga xos xususiyatlari va yoʻnaltirilishi, uning muloqotga alohida ehtiyoji orqali
pedagogik-kommunikativ qadriyatlarni kiritishi mumkin. Koʻrib chiqilgan komponentlarning barchasi
jamlanganda, kommunikativ kompetentlikning ma’lum mazmun-mohiyatini namoyon qiladi va inson
shaxsining oʻzaro bogʻliq hamda bir-birini taqozo qilgan eng murakkab sifatlarini shakllantiradi. Natijada
kommunikativ kompetentlik pedagogning muhim ahamiyatli kasbiy-yoʻnaltirilgan tavsiflaridan biri sifatida
namoyon boʻladi, ushbu kompetentlilikning rivojlanishi esa oliy professional ta’limda birinchi galdagi vazifa
hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichlari, ta’limdagi yangi paradigmalar - bularning
barchasi kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muammosini yangi mazmun bilan toʻldiradi.
Shunday qilib, integratsion kommunikativ kompetentlikning yuqori darajasi shaxslararo
muloqotlarning jadallashgan sharoitida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini
yuqori darajada boʻlishini ta’minlaydi. Bunda oʻqituvchi kasbiy faoliyatining eng muhim jihati insonlar bilan
ishlash kerak. Biroq kommunikativ muloqotning barcha shakllarini yuqori darajada egallash va mos ravishda
oʻzini oʻrab turgan insonlar bilan ishni toʻgʻri tashkil qilish uchun pedagog, ayniqsa, topqirlik, hozirjavoblik,
uddaburonlik, oʻziga boʻlgan ishonch, notiqlik qobiliyatini egallagan boʻlishi kerak. Shuningdek,
improvizatsiya qilishga qodir boʻlishi, barcha zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalardan
foydalana bilishi, ayniqsa, rasmiy (xizmat) hujjatlarni tuzish, yuritish, rasmiylashtirishni a’lo darajada va
savodli boʻlishi oʻta muhim hisoblanadi.
Bunda oʻqituvchining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning yuqori darajasi quyidagilarda
namoyon boʻladi:
- ta’lim jarayonining ijobiy yoʻnalishga egaligi va manipulyatsiya hamda e’tiborsizlik reaksiyasining
mavjud emasligi, shuningdek, oʻzaro muloqotlarda dialogik shakllarning (boshqa insonga muloqotda unga
qadriyat sifatda qarash nazarda tutiladi) va ta’limga yordam berishning umumiy strategiyasi ustunlik
qilishida;
- oʻqituvchi tomonidan pedagogik muloqotda suhbatdoshidan yoki butun auditoriyadan umumiy
qanoatlanganligi oʻzining huquqiy holat (status)iga oʻz-oʻziga baho berishning yuqori darajasida;
- foydalanayotgan kommunikativ usullarning variantliligida va oʻqitishning tanlangan usulida aynan
bir xilligida, shuningdek, pedagogik muloqotning butun vaziyatida.
Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, boʻlajak oʻqituvchida kommunikativ kompetentlikning mavjud
boʻlishi, nafaqat biror bir ma’lumotni yetkazish samaradorligi, boy lugʻat zahirasi, nutq madaniyati, til
vositalarining toʻgʻri tanlaganligini belgilashi mumkinligini, shu bilan birga, turli-tuman ijtimoiy
vaziyatlarda muloqotni, shuningdek, boshqa insonlar bilan muloqot jarayonida oʻz shaxsiy ma’naviy-axloqiy
holatini tartibga solishni boshqarish mahoratini ta’kidlash mumkin. Oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi
qanday boʻlishidan qat’i nazar, u avvalo, oʻziga xos xususiyati, fazilatlari, ya’ni qiziqishlari, muloqotning
ustun boʻlgan uslubi, qadriyatlari, dasturi va shu kabilarga ega inson hisoblanadi. Bularning barchasi uning
kasbiy faoliyatining oʻziga xos xarakterini belgilaydi, u pedagogik ta’sir obyektining boshqa xususiyatlariga
mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin (ham yakka, ham hamkorlikda). Ta’sirning natijasi shunga bogʻliq
ravishda boʻladi.
|
| |