|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 116/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
84
“Qoʻli bilan va tili bilan oʻzgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “Oʻzingiz yaxshi koʻrgan
narsani birodaringizga ravo koʻrmaguningizcha hech biringiz moʻmin boʻla olmaysiz”.
Uchta xislatni oʻzida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal boʻlgaydir:
- insofli va adolatli boʻlmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambagʻalligida ham sadaqa berib turmoq” [2, 23 b].
Demak, buyuk allomamiz nafaqat insonning chiroyli xulqiga, ma’naviy-axloqiy munosabatlariga,
shuningdek, uning faoliyat namunalariga ham katta e’tibor qaratgan.
“Barkamol inson”ni shakllantirish gʻoyasining rivojiga buyuk allomalar, vatandoshlarimiz Abu Ali ibn
Sino va Hazrat Alisher Navoiylar ham katta hissa qoʻshganlar. Ularning pedagogik qarashlarini integral
pedagogika konsepsiyasi nuqtayi nazaridan oʻrgana borib ishonch hosil qilish mumkinki, ular ma’naviy-
axloqiy, aqliy, estetik va jismoniy ta’limning oʻzaro aloqalariga asoslanib mukammal insonni
shakllantirishning yetakchi yoʻnalishini kashf etishga harakat qilganlar. Axloqiy ta’lim mazmuniga ular
yoshlardagi niyat pokligi, fidoiylik, himmatlilik, toʻgʻrilik, begʻarazlik, vazminlik kabi xislatlarning
rivojlanishini kiritgan. Ayni paytda ular inson tabiatiga xos boʻlgan ratsionalizatorlik, tashabbuskorlik,
oʻzgaruvchanlik va fikr mustaqilligi, omilkorlik zaruratini tan olgan. Oʻsib kelayotgan yoshlarni
kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish mehnat faoliyatlarida oʻz oʻrnini topishlariga, sifatli ta’lim
olishlariga, shaxslararo ijtimoiy-madaniy muloqotlarini shakllantirishga yordam berishi kerak, biroq bunda
eng muhimi – shaxsni talabga toʻla javob beradigan darajada rivojlantirish va uning oʻz imkoniyatlarini
amalga oshirishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish dolzarb muammodir. Aynan shuning uchun pedagoglar
tayyorlash ta’lim jarayonining asosiy vazifasi kasbiy-pedagogik tayyorgarligining ajralmas qismi boʻlgan
kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Kommunikativ kompetentlilik quyidagi oʻziga xos integratsion xususiyatlardan iborat:
1. Muloqot amalga oshirilishi mumkin boʻlgan kommunikativ vaziyat negizini ijtimoiy-psixologik
prognozlashtirish.
2. Muloqot jarayonining oʻzini ijtimoiy-psixologik dasturlash, bunda kommunikativ vaziyatning oʻz-
oʻziga xosligiga alohida e’tibor qaratiladi.
3. Kommunikativ vaziyatda muloqot jarayonlarini ijtimoiy-psixologik boshqaruv xususiyatlarini
amalga oshirishdan iborat. Kommunikativ kompetentlik tugʻma qobiliyat boʻlmay, inson tomonidan
ijtimoiy-kommunikativ tajribani egallash jarayonida shakllanuvchi qobiliyatdir. Kommunikativ-ijtimoiy
tajriba, avvalo, munosabatlarni oʻzgartirish mexanizmini oʻz ichiga olib, nutqni stilistik jihatdan turli
variantlarda qoʻllashda namoyon boʻladi. Bunday oʻzgarishning asosida muloqot ishtirokchilari oʻrtasidagi
rolli muloqotlarning oʻzgarishi yotadi.
|
| |