2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
83
Xurshida YULBARSOVA
Fargʻona davlat universiteti
ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI
SHAKLLANTIRISHNING INTEGRATSION SHART-SHAROITLARI
Maqolada boʻlajak oʻqituvchida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, takomillashtirish
zarurligi asoslangan. Boʻlajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishda
integratsion jarayonlarning oʻrni va ahamiyati taxlil qilingan.
Kalit soʻzlar: kompetentlik, kommunikativ kompetentlik, kommunikativ faoliyat, integrativ ta’lim,
empatik va refleksiv qobiliyat, odob, axloq, muomala, muloqot, pedagogik muloqot.
Статья основана на необходимости развития, совершенствования коммуникативной
компетентности у будущего учителя. Проанализирована роль и значение интегративных процессов
в формировании коммуникативной компетентности будущих специалистов.
Ключевые слова: компетентность, коммуникативная компетентность, коммуникативная
деятельность, интегративное образование, эмпатические и рефлексивные способности,
порядочность, мораль, обращение, общение, педагогическое общение.
The article is based on the need to develop and improve the communicative competence of a future
teacher. The role and importance of integrative processes in the formation of the communicative competence
of future specialists is analyzed.
Key words: competence, communicative competence, communicative activity, integrative education,
empathic and reflexive abilities, decency, morality, treatment, communication, pedagogical communication.
Kirish. Boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ kompetentlik sifatini, ularda erkin, faol,
mustaqil
fikrlay olish, oʻquv-tarbiyaviy jarayonini modellashtira olishi, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning yangi gʻoya va
texnologiyalarini mustaqil yaratishi hamda ularni tatbiq eta olish koʻnikmalarini shakllantirish muammosi
bugungi kunda mavjud boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi.