2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Muhokamalar va natijalar. Oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida oʻquvchi-
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim boʻlgan jihatlar 
quyidagilar hisoblanadi: ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali oʻquvchi-yoshlarda 
ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, koʻnikma va 
malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish va ularni amaliyotda qoʻllay olish imkonini beruvchi 
amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar bilan boyitish; oʻquvchi-yoshlarda zamonaviy bilimlarni 
egallash, media madaniyatni rivojlantirish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy 
davlatlardagi ilgʻor tajribalarni oʻrganishni ragʻbatlantirish; kasbiy-ma’naviy koʻnikmalarni mustahkamlash, 
oʻzini-oʻzi tarbiyalashga oʻrgatish; faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish; ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy 
dunyoqarash va sogʻlom diniy e’tiqodni shakllantirish; baxtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur 
boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish; kelajakka ishonch va mamlakatda amalga 
oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirish [5-7]. 
Yoshlarni tarbiyalashda hamkorlikning ahamiyati shundaki, istiqbolda uning natijasida quyidagilarga 
erishiladi:
- oʻsmirlik yoshiga xos ichki pozitsiyaning paydo boʻlishi;
- irodaviy sifatlarning namoyon boʻlishi; 
- ijtimoiy faollik, bilishga intilish va oʻzini namoyon qilish motivlarining rivojlanishi; 
- faoliyat va muloqot mazmunini belgilovchi shaxsiy qadriyatlar tizimining shakllanishi; 
- shaxslararo munosabatlarning differensiallashuvi, referent guruhlarning paydo boʻlishi; 
- fuqarolik pozitsiyasi, oʻzi va atrofdagilarga hamda jamiyatga munosabat asoslarining shakllanishi;
- milliy qadriyatlar, an’analarga hurmatning namoyon boʻlishi;
- oʻzini-oʻzi tarbiyalash va shaxsiy sifatlarning rivojlanishi;
- oʻz muammolarini oʻzi mustaqil hal qilishga intilishi;
- xavfsiz hayot madaniyati boʻyicha bilim va koʻnikmalarning namoyon boʻlishi; 
- axloqiy, siyosiy dunyoqarash va diniy e’tiqodning shakllanishi;
- pozitiv ijtimoiy moʻljallarning oydinlashuvi va ularga erishish yoʻlidagi intilishlar; 
- ma’naviy-axloqiy prinsiplarning qat’iylashuvi;
- ichki his-tuygʻularga e’tiborning oshishi, emotsional munosabatlarning tanlov asosida namoyon 
boʻlishi; 
- mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy kompetensiya va fazilatlarning odatlarga aylanishi. 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish