|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 113/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
82
Ma’lumki, insonparvarlik gʻoyasining muhim koʻrinishi axloq boʻlib, u axloqiy munosabatlar, odatlar,
qarashlar va qoidalarda namoyon boʻladi. Shuning uchun oʻrta asrlarda axloq, etika sohasida koʻplab darslik
va qoʻllanmalar, maxsus risolalar yaratildi. Markaziy Osiyo Uygʻonish davrida, bulardan tashqari,
mutafakkirlar komil inson, ma’rifatli va odil hukmdor, fozil jamoa toʻgʻrisidagi ta’limot va gʻoyalarni
koʻtarib chiqdilar. Ular Uygʻonish davri ma’naviy-madaniy hayotining muhim xususiyati boʻlib xizmat qildi.
Bu davrni tavsiflaydigan yana bir muhim jihat - inson aqlini yuksaklikka koʻtarish, ratsionalizm masalasi edi.
Zero, inson aql-zakovatiga tayanmasdan yetuk axloqqa erishish, shaxsni tarbiyalash, ilm-ma’rifat bilan
shugʻullanish qiyin edi. Bagʻrikenglik, ilm-fan va kasb-hunarni egallashga qiziqish, shirinsuxanlik,
muloyimlik, insonni oliy qadriyat ekanligini e’tirof etish, islom dini va tasavvufning umuminsoniy va
gumanistik jihatlarini rivojlantirish, oʻzgalar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, mehr-shafqat va muruvvat
koʻrsatish – bularning hammasi Sharq Uygʻonish davri ma’naviyatining muhim va ajralmas belgisidir.
Xulosa. Yangi Oʻzbekiston sharoitida Uchinchi Renessansning asosiy poydevori hisoblangan yoshlar
ta’lim tarbiyasiga nafaqat ota-ona, balki butun jamoatchilik mas’ulligini unutmaslik lozim. Yangi tahrirda
qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun [1] va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz
yoshlarining buyuk kelajak bunyodkori boʻlib tarbiya topishlarida ahamiyati beqiyosdir.
Adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni. Lex.uz. OʻRQ – 637-son. 23.09.2020-
yil.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4307-sonli Qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1059-sonli Qarori.
4. Daminov I. Ota-ona hikmat, farzand-chiroq. -Toshkent: “Ma’naviyat”, 2019. 10-bet
5. Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., &Jumaniyozov, F. (2020).Foreign language
competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational
environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.
6. Kenjaeva, X. P. (2021). FUQAROLIK MADANIYaTI MEZONLARI ShARQ FALSAFASI
TALQINIDA. Academic research in educational sciences, 2(3).
7. Kenjaeva, X. (2021). Milliy ma’naviy merosimizda ta’lim-tarbiya masalalari. Обшество и
инновации, 2 (6/с), 18-24.
|
| |