2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Asosiy qism. Jahonda integrativ ta’lim (Blended Learning) asosida boʻlajak oʻqituvchilarda 
kommunikativ kompetentlikni shakllantirish masalasiga doir ilmiy munozaralar va forumlarni tashkil etishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish 
integratsion 
jarayonlarga 
tayanadi. 
Pedagogik 
ta’lim 
tizimida 
kommunikativ 
kompetentlikni 
shakllantirishning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish, integrativ ta’lim muhitini yaratishning 
pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, bugungi kunda muhim vazifalardan biri boʻlmoqda. 
Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tadqiqotchilarining qarashlarini tahlil qilib aytish mumkinki
kommunikativ kompetentlilik empatik va refleksiv qobiliyatlar bilan toʻldirilgan integratsion 
kompetensiyalarning ma’lum miqdori sifatida talqin qilinadi. U maxsus oʻquv mashgʻulotlari davomida 
shakllantiriladi. Ta’limning kommunikativ modelini takomillashtirish, talabalarda interfaol muloqot 
koʻnikmasini shakllantirish, aniqlashtirish, kommunikativ hamkorlikni tashkil etishning interfaol 
texnologiyalarini ishlab chiqish hamda samarali foydalanish, oliy ta’lim tizimida oʻquv sifat darajasini 
oshirish va tubdan takomillashtirish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi”da “Ta’lim va oʻqitish sifatini 
baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda 
samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsion 
yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmlarini yaratish” [1] kabi muhim vazifalar 
belgilandi. Yaqin va Oʻrta Sharqning buyuk mutafakkirlari (Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Yusuf al-Kindiy, Nosir Xusrav, Umar Hayyom, Muhammad ibn 
Muso Xorazmiy va boshqa) koʻplab ma’rifatparvar olim-u allomalar oʻsib kelayotgan avlodga ta’lim-tarbiya 
berishda oʻqituvchining roli, ayniqsa, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan muloqotining ahamiyati 
muhimligini ta’kidlaganlar. 
Qomusiy olimlar tomonidan muloqotning mohiyati, metodlari, shakllari, vositalari va prinsiplari ishlab 
chiqilgan boʻlib, ular hozirgi vaqtda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Xususan, yaxshilik, odob, 
xushmuomalalik masalalari Imom Buxoriyning 4 jildlik “Al jome’ as-sahih” asarining bir jildida odob
axloq, muomala, muloqot haqidagi hadislarni jam etganlar. Ushbu kitobda iymonning mukammal 
boʻlmogʻining uch sharti koʻrsatiladi: toʻgʻri e’tiqodli boʻlmoq; kishilar bilan yaxshi munosabatda boʻlmoq; 
kishi oʻz ustida ishlamogʻi va oʻzini ibodat va itoatga chaqirmogʻi kabilar. Iymon daraxtga tenglashtiriladi va 
uning 60 dan ortiq shoxlari bor, – deb iymon belgilari sanab oʻtiladiki, bularning har biri inson ma’naviy 
qiyofasining mukammallashuviga ta’sir etuvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish