|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 117/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar. Zamonaviy ijtimoiy va kasbiy sharoitlarda kompetentlik muloqotini
rivojlantirish uni uygʻunlashtirishning qator prinsipial-muhim yoʻnalishlarini taqozo qilishi mumkin. Biroq
amaliyot uchun kommunikativ kompetentlikni toʻlaqonli rivojlantirish uchun muloqotning xizmatga oid –
amaliy yoki rolli, shuningdek, boshqa shaxsiy turlarini cheklash muhim. Odatda, tafovut uchun asos sheriklar
orasidagi psixologik masofa boʻladi, bu “men – sen – kontakt”. Modomiki, gap nafaqat “tashqi”
ma’lumotlar, balki birgalikda hal qilinishi kerak boʻlgan xizmatga oid namunali (tipovoy) vazifa haqida
borar ekan, shaxs sherigiga oʻzi, oʻz ichki dunyosini namoyon qiladi, bunda sherikka “yaqin inson”
maqomini beradi, muloqot esa tom ma’noda ishonchli boʻladi. Shuningdek, muloqotdagi kompetentlik,
insondan turli uzoqlikdagi psixologik masofada oʻziga kerakli boʻlgan aloqani yaratishga tayyorlik va
mahoratni talab qilishi mumkin. Ammo qiyinchiliklarning oʻzi aynan “pozitsiyaning inersiya hodisasiga
asoslangan – sherikning fe’l-atvori, tabiati hamda vaziyatning oʻziga xosligiga qaramay, ulardan birortasini
egallaganligi va uni har joyda amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Umuman olganda,
muloqotdagi kompetentlilik, odatda, eng yaxshisi sifatida biror bir pozitsiyani egallaganligi bilan emas, balki
ularning spektriga mos ravishda qoʻshilishiga bogʻliq” [3, 38]. Kommunikativ kompetentlik tushunchasi
mavjud talqinlari fanlararo integrallik xususiyatiga ega ekanini koʻrsatadi. Bunda kommunikativ
kompetentlilikning komponentli tarkibi nisbatan keng boʻlib, tilga oid, lingvistik, tashkiliy, pragmatik,
sotsiolingvistik, diskursiv (munozara), strategik, oʻquv, tematik, nutqiy, kompensator, sotsiomadaniy va
ijtimoiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan toʻplamini oʻz ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik
tushunchasi oʻz ichiga quyidagi harakatlar uchun zarur boʻlgan uygʻunlashgan kompetensiyalarni kiritishni
talab etadi:
- shaxslararo kommunikativ muloqot vaziyatlarini baholash va idrok etish (perseptiv komponent);
- kommunikativ muloqot jarayonida oʻz xulq-atvorini tahlil qilish va oʻz-oʻzini baholash (refleksiv
komponent);
- shaxslararo muloqot uchun mos vositalarni tanlash, muloqot jarayonini boshqarish va insoning xulq-
atvorini mos ravishda tartibga solish (xulq-atvor komponenti). Bunda konsepsiyaga mos ravishda darajalar
tuzilishi qat’iy ierarxiyaga asoslangan – yuqori darajasini belgilaydi.
https://buxdu.uz
|
| |