• PEDAGOGIK QOBILIYATNI BAHOLASH USULI
  • Kalit soʻzlar
  • Ключевные слова
  • Key words
  • “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    90 
    Abdimumin RASULOV 
    Muhammadrasul IBRAGIMOV 
    Oʻzbekiston Milliy universiteti 
    professori vazifasini bajaruvchi, 
    psixologiya fanlari doktori (DSc) 
    Oʻzbekiston Milliy universiteti 
    oʻqituvchisi 
    PEDAGOGIK QOBILIYATNI BAHOLASH USULI 
    Ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan oʻqituvchi oʻzining pedagogik qobiliyati darajasini 
    bilishga qiziqadi. Mazkur maqola pedagogik qobiliyatning baholash usulini yoritishga bagʻishlangan. 
    Muallif psixologik tajribada keng qoʻllanilayotgan metodikalardan birini amaliyotga tatbiq etish 
    xususiyatlari tafsilotini taqdim etgan. 
    Kalit soʻzlar: qobiliyat, pedagogik, oʻqituvchi, oʻquvchi, pedagogik vaziyat, motivatsiya.
    Учитель, работающий в учебном заведении, заинтересован в том, чтобы знать уровень своих 
    педагогических способностей. Данная статья посвящена освещению метода оценки педагогических 
    способностей. Автор подробно рассказал об особенностях применения одного из методик, широко 
    используемых в психологическом исследовании, на практике. 
    Ключевные слова: способность, педагогический, учитель, ученик, педагогическая ситуация, 
    мотивация. 
    A teacher working in an educational institution is interested in knowing the level of his pedagogical 
    abilities. This article is devoted to highlighting the method of assessing pedagogical abilities. The author 
    spoke in detail about the features of the application of one of the methods widely used in psychological 
    research in practice. 
    Key words: ability, pedagogical, teacher, pupil, pedagogical situation, motivation. 
    Kirish. Ma’lumki, pedagogik faoliyat juda murakkab jarayon boʻlib, uning natijasi koʻpgina 
    omillarga, xususan, oʻquv dasturlari mazmuni, ta’limning vazifasi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, 
    estetik maqsadlariga bogʻliq boʻladi.
    Pedagogning kasbiy layoqati (egallab turgan vazifasiga loyiqligi yoki kompetentligi), binobarin, 
    oʻqituvchilik faoliyatining samaradorligi, ma’lum koʻrsatkichlarga, masalan, pedagogning boshqalarni 
    nimaga va qanday qilib oʻrgatishini qanchalik tushunishi hamda bilishi, uning bilimi darajasi, oʻqitish 
    texnologiyasini qay darajada oʻzlashtirib olgani, kasbiy mahorati, ta’lim berish, tarbiyalash va shaxsni 
    rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni qanchalik hal eta olish qobiliyati bilan belgilanadi. Shunday ekan
    “Insonning pedagogik qobiliyatlarini qanday baholash mumkin” degan savol tugʻilishi tabiiy hol. Albatta, 
    insonning pedagogik qobiliyatini baholash usullari juda koʻp. Bu borada mamlakatimizda pedagog 
    psixologiyasining turli xil qirralari oʻrganilgan: (Sh.X.Abdullayeva [1], Y.M.Asadov [2], A.Beknazarov [3], 
    A.Jabborov [4], M.Qoplonova [5], A.Mashkurov [6], A.Rasulov [8], M.L. Soipova [9], Sh.Saparov [10], 
    D.R.Turayeva [11], Sh.A.Eshmetov [9] va boshqalar). Mazkur tadqiqotlarda koʻplab pedagogik tajriba-
    sinovlari, kuzatishlar va testlar oʻtkazilgan. Ulardan “Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini 
    aniqlash metodikasi” [1, 9], “16 omilli shaxs soʻrovnomasi” [2, 6], “Oʻqituvchi oʻquvchilar nigohida” [3], 
    “Oʻz-oʻziga munosabat soʻrovnomasi” [4], “Psixodiagnostik testi” [8], “Oʻqituvchining pedagogik faoliyat 
    haqidagi tasavvurlarini tekshirish metodikasi” [9, 8] va “Oʻqituvchi faoliyati uslubini oʻrganish” metodikasi 
    (K.Markova va A.Y.Nikonova), “Oʻz-oʻzini boshqaruv uslubini baholash” metodikasini (A.V.Batarshev) 
    [11, 8] namuna sifatida keltirib oʻtish mumkin.

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish