• 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Asosiy qism. Maqolada oʻqituvchining pedagogik qobiliyatini oʻrganish imkoniyatini beruvchi usul 
    haqida uslubiy material taqdim etiladi. Xususan, “Pedagogik vaziyatlar” testi [7] insonning pedagogik 
    qobiliyatlarini aniqlashda juda qoʻl keladi, deb oʻylaymiz. Ushbu testning oʻzbek tilidagi moslashtirilgan 
    varianti shakllantirildi. “Pedagogik vaziyatlar” testida oʻqituvchining pedagogik qobiliyatini keltirilgan 
    pedagogik vaziyatlardan kelib chiqqan holda qanday chora-tadbir qoʻllashiga qarab baholash imkonini 
    beradi. Oʻqituvchining pedagogik qobiliyatini aniqlash boʻyicha tadqiqot-tekshiruv oʻtkazishdan oldin 
    sinaluvchi-oʻqituvchiga quyidagi mazmunda yoʻl-yoʻriqlar beriladi: sizga test tarzida ifodalangan murakkab 
    pedagogik vaziyatlar taqdim etilmoqda. Har bir pedagogik vaziyatning mazmunini chuqur 
    oʻrganganingizdan keyin siz taklif etilgan variantlardan birini, ya’ni ayni vaziyatda toʻgʻri deb hisoblagan 
    variantingizni belgilaysiz. Agar sizning tanlashingiz uchun keltirilgan oʻsha variantlarning birortasini ham 
    ma’qul topmasangiz, u holda, siz eng oxirida oʻzingiz taklif etgan variantni (vaziyat yechimini) yozib 
    qoʻyishingiz mumkin. Odatda, bu oʻsha pedagogik vaziyat yechimi uchun keltirilgan yettinchi, ya’ni eng 
    keyingi variant hisoblanadi. 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    91 
    Quyida pedagoglarning kasbiy faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan bir necha pedagogik vaziyatlarni 
    keltirib oʻtamiz. 
    Birinchi vaziyat. Deylik, siz sinfda dars oʻtayapsiz, hamma oʻquvchi tinchlandi, sinfda jimlik hukm 
    surmoqda, ammo koʻp vaqt oʻtmay oʻquvchilardan biri birdaniga qattiq kulib yubordi. 
    Siz ajablanib, uning sababini bilish maqsadida kulgan oʻquvchi tomon nigoh tashlashingiz bilanoq, u 
    sizga qarab shunday dedi: “Domla, sizga qarasam negadir kulgim kelaveradi va shuning uchun ham siz dars 
    oʻtishni boshlashingiz bilanoq oʻzimni toʻxtata olmay kulib yuboraman. Hozir ham xuddi shunday hol yuz 
    berdi”. 
    Bunday holda siz unga qanday munosabat bildirgan boʻlardingiz. Quyida bildirilgan munosabatlarning 
    bir necha varianti soʻzlar bilan ifodalangan. Keltirilgan variantlardan birini tanlang va belgilang. 
    1. “Ana, xoloo...s!” 
    2. “Xush, senga nima kulgili tuyulayapti?” 
    3. “Kulging kelgan boʻlsa, mayli xohlaganingcha kulaver!” 
    4. “Nima, sen ahmoqmisan?” 
    5. “Xushchaqchoq insonlarni juda yaxshi koʻraman-da.” 
    6. “Agar men senga yaxshi kayfiyat bagʻishlagan boʻlsam, bundan juda xursandman.” 
    7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
    Ikkinchi vaziyat. Birinchi-ikkinchi darsingiz boshidanoq yoki bir necha mashgʻulot oʻtkazganingizdan 
    keyin oʻquvchilardan biri sizga “Mening fikrimcha, siz pedagog sifatida bizga biror narsaga oʻrgata 
    olmasangiz kerak” degan fikrni bildirdi. Siz uning bu fikriga qanday munosabat bildirgan boʻlardingiz? 
    1. “Sening ishing - oʻqish, oʻqituvchiga oʻrgatish emas.” 
    2. “Albatta, senga oʻxshaganlarga men hech narsa oʻrgata olmayman.” 
    3. “Ehtimol, yaxshisi sening boshqa sinfga oʻtganing yoki oʻzga oʻqituvchidan saboq olganing 
    ma’quldir?” 
    4. “Sen dangasasan, oʻzing oʻqishni istamaysan.” 
    5. “Sening nima uchun bunday oʻylashing sababini bilish - men uchun qiziq.” 
    6. “Kel, yaxshisi bu haqda sen bilan batafsil gaplashib olaylik. Ehtimol, mening xulq-atvorimda senda 
    ana shunday fikr tugʻdirgan biror kamchilik bordir?” 
    7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
    Uchinchi vaziyat. Deylik, siz oʻquvchiga biror topshiriq berdingiz. U uni bajarishni istamadi va ‘Men 
    bu ishni qilishni xohlamayman” deb sizga e’tiroz bildirdi. Siz bunday holatda qanday yoʻl tutgan boʻlar 
    edingiz? 
    1. “Topshiriqni bajarishni xohlamasang - bajarishga majbur qilamiz.” 
    2. “Topshiriqni bajarishni xohlamasang, sen nima uchun oʻqishga kelding.” 
    3. “Topshiriqni bajarishni qanchalik xohlamasang, shunchalik oʻzingga yomon boʻladi, oʻqishni 
    istamasang battar boʻl. Sening fe’l-atvoring bamisoli oʻzining xunukligini koʻrib, burnini kesmoqchi boʻlgan 
    odamninkiga oʻxshaydi.” 
    4. “Bu ishning oqibati nima bilan tugashi haqida oʻzingga hech hisobot berib koʻrganmisan?” 
    5. “Agar buning sababini sen menga tushuntirib bera olsang, juda yaxshi boʻlardi.” 
    6. “Kel, yaxshisi bu masalani sen bilan birgalikda muhokama etib koʻraylik, balki sen haqdirsan.” 
    7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
    Toʻrtinchi vaziyat. Deylik, oʻquvchi oʻzining oʻquv faoliyatida juda katta yutuqlarga erishdi. U hatto 
    bundan ajablandi ham va oʻz qobiliyatiga, oʻquv materiallarini toʻla oʻzlashtirib olganiga shubhalandi. 
    Natijada u sizga shunday soʻzlar bilan murojaat qildi: “Sizningcha, men a’lo baholarga oʻqiy olamanmi, 
    sinfdagi boshqa oʻquvchilardan oʻzlashtirish borasida orqada qolib ketmaymanmi? Sizning shu haqdagi 
    fikringizni bilmoqchi edim”. Siz quyidagi javob variantlaridan qaysi birini tanlagan boʻlardingiz? 
    1. “Toʻgʻrisini aytganda, sening yaxshi oʻqib ketishingga shubha bilan qarayman.” 
    2. “Albatta, sen bunga hech shuhbalanmasang ham boʻladi.” 
    3. “Sening juda ajoyib qobiliyating bor, men senga juda katta umid bilan qarayman.” 
    4. “Sen nima uchun oʻz qobiliyatingga shubha bilan qaraysan?” 
    5. “Kel, yaxshisi sen bilan bu haqda batafsil gaplashib olaylik va muammoning sababini 
    oydinlashtiraylik”. 
    6. “Koʻp narsa mening sen bilan qanday ishlashimga bogʻliq boʻladi.” 
    7... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
    Beshinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchiga deydi: Sizning keyingi darsingizga men qatnasha olmasam 
    kerak, chunki yosh ijrochilar ishtirokida oʻtkaziladigan konsertga bormoqchi edim (variantlar: doʻstlarim 
    bilan uchrashib sayr qilmoqchi edim, sport musaboqalarida ishtirok etmoqchiman, darslardan toliqdim, dam 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish