“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
92 
olmoqchi edim)”. Bu gapga sizning munosabatingiz qanday boʻladi? Quyida keltirilgan variantlardan birini 
tanlang. 
1. “Darsimga qatnashmay koʻr-chi.” 
2. “Agar sen mening navbatdagi darsimga qatnashmasang, keyingi safar ta’lim muassasasiga ota-
onangni taklif etamiz!” 
3. “Bu sening ishing, imtihon (sinov) topshiradigan sen, men emas. Qoldirgan darslaringni bari bir 
oʻzlashtirishing kerak, chunki men ularni sendan soʻrayman.” 
4. “Mening nazarimda, sen mashgʻulotlarga mas’uliyat bilan yondashmaysan.” 
5. “Balki sen oʻqimasdan ta’lim muassasasini umuman tashlab ketarsan?” 
6. “Agar sen hozir oʻqimay qoʻysang, keyin nima bilan mashgʻul boʻlmoqchisan?” 
7. Konsertga borishing (doʻstlaring bilan sayr qilishing, musobaqani tomosha qilishing) sen uchun 
ta’lim muassasasidagi mashgʻulotga qaraganda ham qiziqmi? Buning sababi boʻlsa kerak, bilsak boʻladimi?” 
8. “Albatta, men seni tushunaman. Dam olish, konsertga borish, musaboqalarni tomosha qilish
haqiqatan ham sen uchun ta’lim muassasasida oʻqishdan koʻra qiziqroq. Shunday boʻlsa-da, men buning 
nega aynan sen uchun muhimligini bilishni istayman.” 
9. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Oltinchi vaziyat. Sinfga kirib kelganingizdan keyin oʻquvchilardan biri sizga qarab shunday deydi: 
“Domla, bugun negadir siz ancha horgʻin va toliqqan koʻrinasiz. Tobingiz yoʻqqa uxshaydi?”. Siz 
oʻquvchining bu gapiga qanday munosabat bildirgan boʻlardingiz? 
1. “Mening nazarimda, sening menga bunday tanbeh berishing odobdan emas.” 
2. “Ha, toʻgʻri aytasan, men oʻzimni negadir yomon his qilayapman.” 
3. “Men haqimda qaygʻurmay qoʻya qol, yaxshisi oʻzingning ahvolinga bir nazar tashlab koʻr.” 
4. “Bugun men yaxshi uxlay olmadim, ishlarim esa juda koʻp.” 
5. Sen tashvish chekma, mening bu holatim mashgʻulot oʻtkazishimga sira xalaqit bermaydi.” 
6. “Sen juda e’tiborli oʻquvchisan-da, menga gʻamxoʻrliging uchun senga rahmat!” 
7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Yettinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchiga dedi: “Mening his qilishimcha, siz oʻtkazayotgan 
mashgʻulotlardan men uchun biror foyda boʻlmasa kerak. Shuning uchun mening mashgʻulotga umuman 
qatnashmaganim ma’qul deb oʻylayapman”. Oʻquvchining bu fikriga sizning munosabatingiz? 
1. “Bunday be’mani gaplarni soʻzlama!” 
2. “Seni qara-yu, nimalarni oʻylamaysan-a!” 
3. “Balki sen boshqa oʻqituvchidan saboq olarsan?” 
4. “Men senda nima uchun bunday istak paydo boʻlgani sababini batafsil bilishni xohlayman?” 
5. “Sening muammolaringni hal etishga ikkalamiz birgalikda urinib koʻrsak yaxshi boʻlarmidi?” 
6. “Ehtimol, sening muammongni boshqa yoʻl bilan hal etish mumkindir?” 
7... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Sakkizinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻziga haddan tashqari ishongan holda oʻqituvchiga shunday dedi: 
“Mening qoʻlimdan kelmaydigan biror ishning oʻzi yoʻq, faqat menda xohish boʻlsa bas, hamma yumushni 
uddalayman. Shu jumladan, siz saboq berayotgan oʻquv predmetini ham hech qanday qiyinchiliksiz 
oʻzlashtira olaman”. Oʻquvchining bu fikriga siz qanday munosabat bildirasiz? 
1. “Sen oʻz imkoniyatlaring toʻgʻrisida hech oʻylab koʻrganmisan?” 
2. “Senda bunday qobiliyat borligiga men shuhba bilan qarayman!” 
3. “Bunday balandparvoz gaplaringa qaraganda, sen oʻzinga haddan ortiq bino qoʻygansan sheklli? 
Kamtarroq boʻlganing yaxshi.” 
4. “Albatta, hech shubham yoʻq, bilamanki, agar sen astoydil harakat qilsang, hamma ishni eplaysan.” 
5. “Hoynahoy, bu sendan juda katta kuch talab qilsa kerak.” 
6. “Oʻziga haddan ortiq ishonish - ishga zarar keltiradi.” 
7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Toʻqqizinchi vaziyat. Oʻqituvchining tanbehlariga e’tiroz bildirgan holda oʻquvchi oʻquv predmetini 
yaxshi oʻzlashtirishi uchun unga ortiqcha topshiriqlarning kerak emasligini aytdi va deydi: “Meni qobiliyati 
yuksak oʻquvchi deb hisoblashadi”. Quyida keltirilgan javob variantlardan birini tanlang. 
1. “Ehtimol, bu fikrga sen unchalik munosib emasdirsan.” 
2. “Mening kuzatishimcha, shu vaqtgacha sen duch kelgan qiyinchiliklar va bugungi kundagi biliming 
darajasi sening qobiliyating yuksakligidan dalolat bermaydi.” 
3. “Koʻp odamlar oʻzini qobiliyatli hisoblaydi, aslida ular qobiliyatli boʻlmaydi.” 
4. “Men oʻzing haqingda shunday yuksak fikrda ekaningdan xursandman. Faqat inson oʻz fikriga 
munosib boʻlishi kerak, albatta.” 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish