|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 128/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
93
5. “Bu sendan oʻqishingda yanada katta kuch sarflashingni talab etadi.”
6. “Bu gap sening oʻz qobiliyatinga ishonmayotganingdan dalolat beradi.”
7. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Oʻninchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchiga dedi: “Men daftarimni olib kelishni (uy vazifasini bajarish)ni
yana yodimdan chiqaribman”. Bu gapga sizning munosabatingiz qanday boʻladi?
1. “Ana xalos, dars tayyorlash yana yodingdan chiqibdi-da.”
2. “Bu senga mas’uliyatsiz ekaningni namoyon etmayaptimi?”
3. “Oʻylaymanki, sen endi bu ishga jiddiy munosabatda boʻlasan.”
4. “Men buning sababini bilishni istayman.”
5. “Ehtimol buning uchun sening imkoning boʻlmagandir?”
6. “Sen hech oʻylab koʻrganmisan, nima uchun men bu haqida har doim senga eslataman?”
7... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Oʻn birinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchi bilan gaplashish jarayonida unga shunday dedi: “Men
boshqa oʻquvchilarga qaraganda sizning menga yaxshiroq munosabatda boʻlishingizni istayman”. Quyida
keltirilgan javob variantlaridan birini tanlang va belgilang.
1. “Nima uchun boshqa oʻquvchilarga qaraganda senga men yaxshiroq munosabatda boʻlishim
kerak?”
2. “Men oʻquvchilarni yaxshi va yomonga ajratmayman, hammaga bir xil munosabatda boʻlaman.”
3. “Men senga oʻxshab gap uqtiradigan oʻquvchilarni yoqtirmayman.”
4. “Nima uchun men seni boshqa oʻquvchilardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishim kerak? Buning
sababini bilsam boʻladmi?”
5. “Agar men seni boshqa oʻquvchilarga qaraganda koʻproq yaxshi koʻraman deb aytsam, sen oʻzingni
yaxshiroq his qilgan boʻlarmiding?”
6. “Seningcha, aslida men senga qanday munosabatdaman?”
7... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Oʻn ikkinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchi saboq berayotgan oʻquv predmetini yaxshi oʻzlashtirish
imkoniyati boʻyicha oʻz fikrini izhor qilib, oʻzining quyidagi mulohazalarini bildirdi: “Men sizga ilgari
nimadan tashvishlanayotganim haqida aytgan edim. Siz menga ayting-chi, buning sababi nimada va
sizningcha, endi men oʻquv predmetlarini yaxshi oʻzlashtirishim uchun nima ish qilishim kerak?” Keltirilgan
javob variantlaridan oʻzingizga ma’qulini tanlang.
1. “Mening nazarimda, sening ancha-muncha kamchiliklaring borga oʻxshaydi.”
2. “Sening oʻquv predmetlarini oʻzlashtirish boʻyicha tashvishlanishingga hech qanday asos yoʻq deb
oʻylayman.”
3. “Men senga biror asosli fikr aytishimdan oldin sening muammong mohiyati nimada ekanini yaxshi
tushunishim kerak.”
4. “Mayli, bir oz vaqt oʻtsin, birgalikda ishlab natijalarni koʻraylik, keyin bu masalani muhokama
qilamiz. Men oʻylaymanki, bu muammoning yechimini sen bilan birgalikda topa olamiz.”
5. “Men senga hozir biror aniq javob aytishga tayyor emasman, men bu haqda oʻylab koʻrishim kerak
shekilli.”
6. “Sen tashvishlanma, men ham oʻquvchilik paytimda dastlab oʻquv predmetlarini oʻzlashtirishda
ancha qiynalgan edim. Mehnat qilsang hamma narsaga erishasan.”
7... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Oʻn uchinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻqituvchiga dedi: “Sizning mashgʻulotlarda soʻzlayotgan gapingiz va
koʻtarayotgan masalangiz menga yoqmaydi.” Keltirilgan javob variantlaridan oʻzingizga ma’qulini tanlang.
1. “Bu – yomon.”
2. “Sen, ehtimol, bu masalani yaxshi tushunmayotgandirsan.”
3. “Men umid qilamanki, kelgusida, bizning mashgʻulotlarimizda sening bu fikring oʻzgaradi.”
4. “Nima uchun ?”
5. “Sen koʻproq qaysi mavzu va masala haqida ma’ruza tinglashni xohlaysan?”
6. “Har kimning didi oʻzgacha va har kim har xil rangni yaxshi koʻradi.”
7. “Bu gaplarni nima uchun gapirayatganim haqida hech oʻylab koʻrganmisan?”
8.. ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Oʻn toʻrtinchi vaziyat. Oʻquvchi oʻz sinfdoshlarining biriga nisbatan yomon munosabatda ekanini
namoyon etib, oʻqituvchiga shunday dedi: “Men u bilan birga ishlash (oʻqish)ni istamayman”. Oʻquvchining
bunday gapga sizning munosabatingiz qanday?
1. “Xohlamasang, nima boʻpti?”
2. “Ilojing qancha, bari bir birga ishlashingga toʻgʻri keladi.”
https://buxdu.uz
|
| |