“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
98 
Koshifiy ustozga ergashmasdan kishining mehnati samara bermaydi va uning natijasi arzimas boʻladi 
deb, tushuntiradi. 
Shu oʻrinda futuvvat gʻoyalari ibn Battutaning “Safarnoma” asarida qoʻyidagicha ifoda etilishi 
Koshifiy qayd etgan futuvvatdagi uch martaba: saxo - bor narsani hech kimdan qizgʻanmaslik; safo - qalbni 
kibru havo, gina-qudrat, qasd-gʻazabdan xoli va pok tutish; vafo - hamma vaqt xalq xizmatida boʻlish 
kerakligi, tariqatlardagi piri murshid singari futuvvat tashkilotlarida paygʻambarlardan pirlar boʻlishi: hazrati 
Odam - dehqonlar piri, hazrati Shis - paxtachilar piri, hazrati Idris - tikuvchi va xattotlar piri, hazrati Nuh - 
savdogarlar, hazrati Solih - tuyakashlar, hazrati Ibrohim - sutchi va duradgorlar, hazrati Ismoil - ovchilar
hazrati Ishoq - choʻponlar, hazrati Zulkifl - novvoylar, hazrati Lut - tarixchilar, hazrati Uzayr - bogʻbonlar, 
hazrat Ilyos - toʻqimachilar, hazrati Dovud - temirchilar, hazrati Luqmon - hakimlar, hazrati Yunus - 
baliqchilar, hazrati Iso -sayyohlar, Muhammad (s.a.v.) - bogʻbon va savdogarlar piri ekani aytilgan. 
Shu oʻrinda bir narsani aytishni joiz deb bildik, agar shogird uch narsasini ilm yoʻliga bagʻishlamasa u 
yuqmaydi: aqlini, vaqtini hamda boyligini. Koshifiy bu borada “shogirdlikning binosi nimaning ustiga 
quriladi, deb soʻrasalar, irodat ustiga, irodat nimadir, deb soʻrasalar, samo va toatdir, samo (eshitish) va toat 
nimadir, deb soʻrasalar, ustoz nimaiki aytsa uni jon qulogʻi bilan eshitish, chin koʻngil bilan qabul qilish va 
vujud a’zolari orqali amalda ado etishdir” [2, 323], deb ta’kidlaydi. Gʻazzoliy fikricha esa “yumshoq 
tuproqqa ekilgan urugʻ yaxshi hosil beradi”, talaba ustoziga nisbatan yumshoq tuproqdek boʻlishi kerak [7, 
162], deb fikr bildiradi. Koshifiy “Agar shogird uchun nima yaxshi, deb soʻrasalar, pok e’tiqod deb ayt, 
chunki faqat e’tiqod kishini murodiga yetkazadi” [2, 323], deb aytadi. Agar shogirdning niyati pok 
boʻlsagina iymoni mustahkam boʻladi, haqiqiy ilm yoʻlini oʻzi tanlay oladi. Koshifiy fikrini davom ettirib, 
“Agar shogird nima orqali matlubi maqsadiga yetadi, deb soʻrasalar, xizmati orqali”, deb aytgin, “Agar 
xizmatining binosi nimaga qurilgan, deb soʻrasalar rohatni tark etish va zahmatni chekish asosiga” [2, 
324]dir deb, ta’kidlaydi.
Koshifiy shogirdlikni ruknlari toʻgʻrisida toʻxtalib, ular toʻttadir: birinchisi, mard boʻlib ishga 
kirishish, futuvvat yoʻlini mardona qabul qilish, kirishmasdan qoʻrqib turish, orqaga surish va yoʻldan 
qaytishdan koʻra yomonroq ekanligini, ikkinchisi - sidqidildan xizmat qilish, uchinchisi - koʻngil va til bir-
biriga muvofiq kelishi, toʻgʻri gapirib, toʻgʻri amal qilish, toʻrtinchisi - nasihatga quloq solish hamda 
ustozdan eshitganlarini yodda tutib, unga amal qilish kerakligini aytib oʻtadi. Albatta shogird ustozini sabr, 
qanoat orqali jon qulogʻi bilan tinglab anglasagina toʻgʻri yoʻlda ekanligiga ishoch hosil qiladi.
Koshifiy fikrini davom ettirib, shogirdlikni ustoz oldidagi oʻz odoblari borligini aytadi: avval ustoz 
qabuliga kirganda salom berish kerakligi, ustoz oldida kam gapirish, boshni oldinga egib turish kerakligi, 
koʻzni har tomonga yugurtirmaslik, agar masala soʻramoqchi boʻlsa, oldin ustozdan ijozat olishi, ustoz javob 
aytganda, e’tiroz bildirmaslik, ustoz oldida boshqalarni gʻiybat qilmaslik, oʻtirib-turishda hurmatni toʻliq 
saqlash kerakligi shular jumlasidandir. 
Koshifiy murid tushunchasini ham izohlab, “Agar “murid” soʻzining ma’nosi nima deb soʻrasalar, 
javob berib aytki, muridning lugʻaviy ma’nosi istovchi, xohlovchi demak”dir. Chunki murid botinida xohish 
boʻlmasa zohirda hech bir amal koʻzga tashlanmaydi. Tariqat ahillari koʻra “murid”ning ma’nosi, nafsning 
barcha istaklaridan qutulgan odamga aytadilar. Chunki nafsi soʻragan narsani bermaslik muridlik yoʻlining 
bosqichlaridandir. Bunday odamning esa pirning xohishidan oʻzga xohishi boʻlmaydi. Koshifiy “Agar 
muridlikning ruknlari (ustuni) nechta, deb soʻrasalar, oltita deb aytgil, ya’ni farmonga itoat etmoq, rost 
soʻzlamoq, vafoli boʻlmoq, nasihatga quloq solmoq, dilozorlik qilmaslik va sirni saqlamoq” [2, 317], deb 
tushuntiradi. Koshifiy muridlikning “javhari” (magʻzi) bu - tariqat birodarlarining xursandligi, muridning 
“sarmoyasi” (boyligi) esa pok e’tiqod va ravshan koʻngildir, muridlikning “qonun”i esa oʻziga ravo koʻrgan 
narsalarni oʻzgalarga ravo koʻrish va oʻziga ravo koʻrmagan narsani oʻzgalarga ham ravo koʻrmaslik, deb 
ta’kidlaydi.
Koshifiy bir qancha axloqiy qoidalar toʻgʻrisida fikr bildirar ekan, “Axloqi Muhsiniy”da “Sabrning 
ma’nosi Haq taolodan kelgan baloga toqat qilmoq va ango oʻzni toʻxtatmoq boʻlur”, deydi va “Hayoning 
ma’nisi yomon ish qilmoqdan uyalmoq boʻlur”,“Shijoat, fazilat anolaridir”, deb yozadi. Koshifiy asardagi 
mazkur tushunchalarni qoʻllash orqali, kitobxonga ularning mazmun-mohiyatini yaxshiroq anglab olishi 
uchun juda sodda usullardan foydalanadi. 
Biz bilamizki har bir narsada me’yor va oʻlchov boʻladi, shunday ekan Koshifiy aytganidek, 
shayxlikning ham oʻz me’yorlari boʻladi va bu buzilsa mezon oʻzgaradi. Bu borada Koshifiy “agar shayxlik 
me’yori nima, deb soʻrasalar, bu - uning qalbidan muridning chuqur joy olishi, murid murodining hosil 
boʻlishidir”, deb javob bergil, deganlar. Ustozning zaruratlari nimadan iborat degan savolga esa ular toʻrtta 
deb ayt: birinchi - muridni barcha gʻam - anduh zulmatdan xalos etish; ikkinchi - muridga ravo deb 
buyurilgan qoidalarga oʻzi ham amal qilish, murid uchun man etilgan narsalarni oʻzi ham tark etish; uchinchi 
- oʻzini bamisoli choʻpon, muridlarni esa rama hisoblab, har qanday sharoitda ham murid himoyasidan bosh 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish