|
Key words: faith, belief, science, knowledge, moral education, patience, contentment, pir, teacher,
disciple, student.
Kirish Pdf ko'rish
|
bet | 132/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: faith, belief, science, knowledge, moral education, patience, contentment, pir, teacher,
disciple, student.
Kirish. Yangi Oʻzbekiston deb ataladigan keyingi uch yillikni haqiqatdan ham oʻziga xos oʻzgarishlar
davri desak yanglishmaymiz. Chunki bu davrda har bir sohadagi ayniqsa, kelajak ilm-fani taraqqiyoti
rivojiga, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi, 2017-yil
28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga
koʻtarish toʻgʻrisida”gi PQ-3160-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi
PQ-2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Qarorlari, shular jumlasidandir. Yuqoridagi har bir huquqiy-me’yoriy hujjat
bugungi kun yoshlarini ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun dasturulamal boʻlib xizmat qilishi kerak.
Asosiy qism. XV asrning ikkinchi yarmida ilm-fan rivojiga, ayniqsa, voizlik (notiqlik) san’ati orqali
butun dunyoga tanilgan Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) oʻzining qarashlari: jamiyat, inson,
hayot tarzi, odamiylik, muruvvat, futuvvat, saxovat, kasb-hunarni egallash, insonning turli-tuman ehtiyojlari,
ilm-fanning jamiyatdagi oʻrni haqida oʻz mulohazalarini bayon qiladi, odamlarda uchraydigan tuban
illatlarni qoralaydi. Bu mavzularda uning 200dan ortiq (tadqiqotchi O.Usmonova), ba’zi ma’lumotlarda
40dan ortiq asarlari mavjud boʻlib, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik va H.Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutlarida 45 nomdagi asarlarining 196 ta
qoʻlyozma va 75ta toshbosma nusxalari saqlanmoqda. Koshifiy oʻz davrida fors tilida ijod qilgan boʻlsa ham
uning oʻzi bir necha tillarni mukammal bilgan va axloq, falsafa, siyosat, tarix, kimyo, adabiyotshunoslik,
musiqa, fiqh, tibbiyot, matematika, voizlik, astronomiya, she’r san’ati, tilshunoslik fanalariga bagʻishlangan
asarlarini koʻrishimiz mumkin.
Qadimiy Xuroson, Movarounnahr shaharlarida X asrdan boshlab, javonmardlik yoki futuvvatchilik
harakati ancha keng yoyilgan boʻlib, ular ma’lum qonun-qoidalar asosida ish yuritib, mardlik va oliyjanoblik
namunasini koʻrsatar, adolat uchun kurashardilar. Futuvvatchilar fikrida dunyo boyliklari emas, inson qadri
ustun turgan, oltin-kumushni ular nazarpisand qilmaganlar, balki uni ma’naviyat taraqqiyoti uchun bir vosita
deb qaraganlar.
Arab sayyohi Ibn Batuta (XV asr) “Safarnoma” kitobida yozadi: “ Men dunyoni kezib, bunday
odamlar (ya’ni javonmardlar)dan koʻra ezgu xulqli kishilarni koʻrmadim. Sheroz va Isfaxon aholisi garchi
oʻzlarini javonmardlarga oʻxshatsalarda, ammo ular (ya’ni Xorazm va Movarounnahr javonmardlari) gʻarib-
musofirlarni siylash va mehmondorlikda ulardan baland turadilar. Bu borada Muhammad ibn Ali Termiziy:
“Futuvvat (javonmardlik) - bu ahli xonadoning va kelgan mehmonni birday ikrom etishingdir” [1, 207],
https://buxdu.uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: faith, belief, science, knowledge, moral education, patience, contentment, pir, teacher,
disciple, student.
Kirish
|