|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 134/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar. Diniy kitoblarda “Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan
soʻrangiz” [4, 14] (Nahl surasi, 43-oyat), deyiladi va bu har bir insonga ilm oʻrganishi uchun yetuk bir ustoz
kerakligini bildiradi. Muallimning yana bir muhim jihati “oʻzi mutaxassis boʻlmagan ilmdan boshqa ilmlarni
qoralamaslik, oʻz talabasini qoʻliga topshirilgan omonat deya” [5, 372] bilishi zarurligi aytiladi.
Koshifiy shayxlik odobi borasida, hech kimga xiyonat koʻzi bilan qaramaslik va barchaga mehribon,
rahmdil boʻlish kerakligini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha shayxlik isboti daryo kabi saxovatli boʻlish,
ya’ni, hech bir vaziyatda oʻzgarmasdan mustahkam turish va hamma narsani fikr andisha bilan hal qilish
kerakligini aytib oʻtadi. Koshifiy shayxlik ruknlarini sanar ekan, ular yettita: “birinchidan, komil ma’rifat
egasi boʻlsin, ya’ni oʻzini tanigan boʻlsin, ikkinchidan, oʻtkir farosatli, odamshunos kishi boʻlsinki, bir
nigohi bilan muridning qobiliyatini ilgʻay olsin, uchinchidan, yetuk ruhiy ma’naviy quvvati boʻlsin, toki
murid (tariqat yoʻlida adashsa), unga ma’naviy madad berib, mushkulini oson qilolsin, toʻgʻri yoʻlga solsin.
Toʻrtinchidan, yetarli darajada odam boʻlsin, ya’ni hech narsaga muhtojligi boʻlmasin. Beshinchidan, ixlosi
mustahkam boʻlib, riyo va tamani tark etsin, mol va mansab deb birovga sargʻaymasin, egilmasin.
Oltinchidan, rostlik va begʻaraz doʻstlikni shior qilsin, haq soʻzni har yerda, har qanday sharoitda ayta olsin,
gapirganda ikkiyuzlamachilik qilmasin. Yettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaatini va
umum manfaatini oʻz manfaatidan ustun qoʻysin” [2, 315]. Muallimlar “mudarris (arabchada dars beruvchi)
deyilgan, ilohiyot fanidan dars bergan va hozir esa dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham” [6, 165] shu
nom bilan yuritiladi. Koshifiy fikrini davom ettirib, “pir-muridlikning bezagi nimadir, deb soʻrasalar
muriddan xizmatu vafo, pirdan esa himmatu ato (lutf ehson), deb javob bergil [2, 316], deydi. Ilm yoʻliga
kirgan inson albatta bir pirga ehtiyoj sezar ekan, bu borada Mavlono Rumiyning ham oʻz fikri bor:
Pir yozdir, oʻzgalar misli kuzak,
Xalq tundir, pir misoli oy demak.
Yoʻlni bilgan pir holidin sen gapir,
Pirni tanla, soʻngra faqir yoʻliga kir.
Ilm yoʻlini tanlagan inson albatta qiyinchiliklarga uchraydi va bu yoʻlda unga piru-ustozi hamroh va
hamdard boʻladi.
Kimnikim ustodi yoʻq, ham ishin bunyodi yoʻq,
Ma’ni yoʻlida gʻaribdir, kimnikim ustodi yoʻq [2, 312].
https://buxdu.uz
|
| |