, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
97 
deganlar. Ularni (javonmardlarni) Iroqda shotir, Xurosonda sarbador, Magʻridda (Andalusiyada) sukra 
deydilar. Ularga tobe joylarda adolat rasmi shunday rivojlanganki, ularning lashkargohlari xonalarida oltin 
va kumush tangalar yerga sochilib yotadi va egasi topilmaguncha hech kim bu pullarga tegmaydi” [2, 289]. 
Javonmardlar oddiy xalq ichidan chiqqan hunarmandlar, sipohiylar, koʻchalarda tomosha koʻrsatuvchi 
xalq teatrlari vakillari, pahlavonlar, qiziqchilar toifalarini tashkil etgan. Ular oʻz jamoasi, piri, ta’lim 
beruvchi ustozlari, yigʻiladigan joylari boʻlgan. Pirga qoʻl berib, ustoz oldida mardlik belbogʻini bogʻlagan 
javonmard bir umr oʻz ahdiga sodiq qolishga, oʻz shaxsiy hayotini jamoa hayoti uchun , birodarlari uchun 
fido etgan. Javonmrdlar jamoasiga qabul qilingan yosh yigit (“fatiy” degani ham, javonmard degani ham 
yosh, mard yigit ma’nosini beradi) “farzand” deb, uni beliga ahd belbogʻini bogʻlagan ustoz “ota” deb 
yuritilgan. Javonmardlar shu zaylda bir-birlarini aka-ukalar, birodarlar hisoblaganlar va birodar birodari 
uchun jonini berishga tayyor turgan.
Javonmardlar mazlumlarni zolim shohlar, mahalliy hokimlardan himoya qilish, moddiy yordam 
koʻrsatishdan tashqari, uyushib tashqi dushmanlarga qarshi kurashganlar va ular orasidan atoqli 
lashkarboshilar, xalq qahramonlari yetishib chiqqan. Abu Muslim, Muqanna, Ya’qub ibn Lays, Mahmud 
Tarobiy kabi arab istilochilari va moʻgʻul bosqinchilariga qarshi janglarda boshchilik qilgan qahramonlarni 
olimlar javonmardlar vakili deb hisoblaydilar. Ibn Battutaning sarbadorlarni javonmardlardan deb aytishi 
ham shuni tasdiqlaydi. Futuvvatning asosini shahar hunarmandlari tashkil qilgan va albatta murid biror kasb 
bilan shugʻullanishi shart boʻlgan. 
Futuvvat haqida arab va fors tillarida yozilgan kitoblar koʻp, bundan tashqari mashhur pandnomalar 
tasavvuf haqidagi risolalarda ham javonmardlarning rasmi-rusumi odobi xususida fikrlar keltiriladi. Husayn 
Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” nomli asari bu ilmning aniq qoida-nizomlarini qamrab 
olganligi bilan ajralib turadi. 
Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy”da javonmardlik ilmi bilan birgalikda ustoz-shogird masalalariga 
ham alohida toʻxtalib, “agar muridning odobi nechta, deb soʻrasalar, sakkizta deb aytgil. “Avval shuki, u oʻz 
ishiga puxta boʻlishi kerak, pok niyat bilan ish boshlashi darkor. Ikkinchidan, sobit e’tiqod bilan sulukni 
boshlasin. Uchinchidan, pirning nazariga tushgach, oʻz halovati va odatlaridan voz kechsin. Toʻrtinchidan, 
koʻrishi lozim boʻlmagan barcha narsalardan koʻz yumsin. Beshinchisi, eshitilishi noravo hisoblangan 
narsalardan quloqni berkitsin. Oltinchisi, qilinishi man etilganlardan qoʻlini tortsin. Yettinchidan, oʻz 
pirining muxoliflari bilan muomala-munosabatda boʻlmasin” [2, 317]. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish