• 2-mashgʻulot: “G’or’’
  • 3-mashgulot: “Bolaligimning eng yorqin xotiralari”
  • 4-mashgulot: “Mening hayotim, mening his-tuygʻularim”
  • Adabiyotlar
  • -mashgʻulot: “Men - bu men”




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    1-mashgʻulot: “Men - bu men” Kichkintoydan oʻzini koʻrganidek, oʻzini chizishini soʻrang. Bola 
    oʻzini chizishi jarayonida nimalarga e’tibor berayotganini ahamiyat beriladi. Mavzuni yanada rivojlantirish 
    uchun boladan oʻz oilasi a’zolarini tasvirlashini soʻrang. Qarindoshlar bolaning hayotida qanday oʻrin 
    egallashi va ularning har biri bilan qanday aloqasi borligi haqida bunday rasmdan koʻp narsalarni bilib 
    olishingiz mumkin. Mashgʻulot bolada oʻz menini his qilshga kuchli tomonlarini anglashiga yordam beradi. 
    2-mashgʻulot: “G’or’’ Bir qahramoningizni tasavvur qiling, (bu qahramon ertak, multfilm, 
    hayotingizdagi ideal inson yoki oʻzingiz boʻlishingiz mumkin) tasavvur qilgan qahramoningiz xazina topish 
    maqsadida yoʻlga chiqdi, bu uzun yoʻl, gʻorga eltadi, u yerda xazina yashiringan. Qahramoningiz xazinani 
    olishga qayday holatda boradi, oʻzi bilan nimalarni oladi deb aytiladi va ushbu holatni chizish taklif etiladi. 
    Bola rasmni tasvirlagandan soʻng yaratgan qahramoni qanday holatda qaytganini chizish taklif etiladi va 
    chizgan rasmi boʻyicha suhbat oʻtkaziladi. Ushbu mashgʻulot bolalarning ichki resusrlarini rivojlantirishga 
    katta imkoniyat beradi. 
    3-mashgulot: “Bolaligimning eng yorqin xotiralari” boladan bolalalikdagi eng yorqin xotiralarini 
    har xil usullar asosida tasvirlash taklif etiladi. Bolaga kollaj, rasm chizish, hikoya yozish asosida oʻzining 
    bolalikdagi xotiralari haqida oʻz fikrlarini bildirish soʻraladi va bolalikdagi xotiralarini eslash jarayonida 
    ularda bolalikning eng shirin damlari haqida soʻzlab berish taklif qilinadi va his-tuygʻularini boʻlishishga 
    imkoniyat beriladi. Bolalar uchun bolalikdagi yorqin xotiralarini soʻzlash ijobiy tuygʻu bagʻishlaydi, 
    rohatlanishadi, ishonch hissi oshadi. 
    4-mashgulot: “Mening hayotim, mening his-tuygʻularim” kollaj tayyorlash (turli rasmlik 
    jurnallardan rasmlar tanladi va qirqib olinadi). Bolaga oʻzi uchun ishlashi qulay boʻlgan joyni tanlash taklif 
    etiladi. Turli mavzudagi qirqish uchun moʻljallangan jurnallarni olish va asta-sekin 20 daqiqa davomida 
    ularning rasmlarini koʻrib chiqish taklif etiladi. Oʻzining hayotini, qiziqishlarini aks ettiradigan matn, 
    rasmlarga e’tibor berish, uni jalb qilinganlarini kesib olish taklif etiladi. Kesib boʻlgandan soʻng, tanlangan 
    rasm parchalarini qogʻozga joylashtirish aytiladi, yelim bilan yopishtirib chiqish taklif etiladi. Bola ishni 
    bajarib boʻlgach tayyorlagan kollaji boʻyicha suhbat oʻtkaziladi. 
    Xulosa. Art-terapiya mashgʻulotlari bolalardagi turli asabiy buzilishlarni bartaraf qilishda qulay usul 
    hisoblanadi. Psixologiyaning ushbu yoʻnalishi hozirgi kunda keng ommaga qoʻllanilmoqda va ijobiy 
    natijalar olingan. Yuqoridagi mashgʻulotlar ham bolalarda qoʻllanilgan va samarali koʻrsatkichga ega 
    boʻlgan. Ushbu mashgʻulotlar 30-25 tadan ziyod bolalarga Samarqand shahrida joylashgan SOS Bolalar 
    mahallasi tarbiyalanuvchilarida oʻtkazilgan, 60% foiz bolalarda oʻziga nisbatan ishonchining oshishi, 
    muloqotda faollik kuzatilishi, enurez holatlarining bartaraf boʻlishi va uyqularining yaxshi boʻlganliklari 
    bilan kuzatildi. 
    Adabiyotlar 
    1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –
    T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2016. 
    2. Nishanova Z.T., Alimova G.K., Turgʻunboyeva A.Gʻ. Asranboyeva M.X. Bolalar psixologiyasi va 
    psixodiagnostikasi. –Toshkent, 2017. 72-bet. 
    3. Daminov T.A., Xalmatova B.T., Boboyeva U.R. Bolalar kasalliklari. –Toshkent: “Tafakkur 
    boʻstoni”, 2012-yil. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish