2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
101
Nevrasteniya - yuqori asabiy faoliyatning qoʻzgʻalish xususiyati yoki tormozlash jarayonining haddan
tashqari kuchlanishi va zaiflashuv mavjudligida buzilish natijasida yuzaga keladigan holat.
Isterik nevroz (isteriya) nevrotik holatning bir turi boʻlib, bu haddan tashqari oʻzini namoyon qilish,
e’tiborni jalb qilish va oʻz-oʻzini atrofdagilarga koʻrsatish bilan tavsiflanadi.
Obsesif-kompulsiv buzuqlik (psixasteniya) nevrotik
holat sifatida tushuniladi, unda odam oʻzining
aqliy zaifligi, oʻziga ishonchsizlik hissini boshdan kechiradi.
Psixiatrlaring ta’kidlashicha, bolalarning haddan tashqari qattiqqoʻllik bilan tarbiyalash, unda
nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaravchi omillardan biridir.
Albatta, har bir bolaning oiladagi munosabatlari oʻziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq, ota-ona va
bola munosabatlarining lunximiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda
qanday usullardan foydalanishariga koʻra oʻrtadagi munosabatlar koʻpincha “demokratik” va “avtoritar”
nazorat qilinuvchi kabilarga ajratiladi [2, 72]. Ota-onaning bola bilan muloqotini toʻgʻri
tashkil qilish
muhim, sababi bolaning nerv sistemasiga bu juda katt aahamiyatga ega.
Bolalardagi nevrozni davolashda dori-darmonlardan koʻra koʻproq rivojlantiruvchi va davolovchi
psixologik mashgʻulotlarni taklif qilish samaradorlidir.
Psixokorreksion mashgʻuloitlarning keng tarqalgan art-terapiya yoʻnalishida olib boriladigan
mashgʻulotlar bolalarni asabiy holatlarini barqarorlashtirishga yordam beradi.
Ushbu turdagi terapiyaning kelib chiqishi:
Asrlar davomida odamlar oʻzlarini ifoda etish va muloqot qilish uchun san’atdan
foydalangan
boʻlsalar-da, art-terapiya faqat oʻtgan asrning 20-yillaridan qoʻllanila boshlandi. Oʻsha paytda sogʻliqni
saqlash xodimlari ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar oʻzlarini rasm yoki boshqa badiiy shakllar orqali
ifoda etishga moyilligini angladilar, bu esa terapevtik strategiya sifatida san’atdan foydalanishni oʻrganishga
olib keldi. “Art terapiya” atamasi oʻtgan asrning 40-yillarida inglizlar tomonidan kiritilgan shifokor va
rassom Adrian Hill. U ijodkorlik sil kasalida (kasalxonada birga ishlagan)
tezroq tiklanishiga yordam
berishini payqagan. Aytish joizki, san’at qadimgi davrlarda paydo boʻlganligi sababli, uning terapevtik ta’siri
ilgari qayd etilgan, ammo faqat bizning davrimizda ijodkorlikning ushbu funksiyasiga alohida qiziqish
mavjud.