|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 137/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
100
Farida OCHILOVA
Durdona DAVLATOVA
Samarqand davlat tibbiyot instituti
pedagogika va psixologiya kafedrasi
oʻqituvchisi
Samarqand davlat tibbiyot instituti
pediatriya fakulteti 2-kurs talabasi
BOLALAR NEVROZINI BARTARAF ETISHDA ART-TERAPIYA USULLARIDAN
FOYDALANISH
Maqolada bolalardagi nevroz kasalligini psixologik korreksiyaning yoʻnalishlaridan biri boʻlgan art-
terapiya usuli orqali bartaraf qilish, ruhiy xotirjamlikni ta’minlovchi mashgʻulotlar, art-terapevtik
mashgʻulotlar asosida bolalar nevrozini bartaf etish yoʻllari bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: art-terepiya, korreksiya, nevroz, ijodkorlik, stress, tuygʻu, ruhiy holat, terapiya.
В статье описаны пути преодоления невроза у детей методом арт-терапии, являющейся
одним из направлений психологической коррекции, тренинги, обеспечивающие душевное спокойствие,
способы преодоления детского невроза на основе арт-терапевтического тренинга.
Ключевые слова: арт-терапия, коррекция, невроз, творчество, стресс, эмоции, психическое
состояние, терапия.
The article describes ways to eliminate neuroses in children through the art therapy method, one of
the directions of psychological correction, exercises that provide mental calmness, bartaf children’s
neuroses on the basis of art-therapeutic exercises.
Key words: art-terepia, correction, neurosis, creativity, stress, feeling, mood, therapy.
Kirish. Hozirgi vaqtda bolalarning shaxs boʻlib voyaga yetishida uchraydigan turli salbiy
oʻzgarishlarni bartaraf qilish eng asosiy vazifalardan biriga aylangan. Bu borada davlatimizda katta ishlar
amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan
insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” [1] deb aytgan fikrlari biz uchun asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki
yoshlarning kamoli davlatimizning kelajagi poydevori boʻlib hisoblanadi.
Asosiy qism. Bolalalarni ilmli, ijodkor, teran fikrli boʻlishida ota-onaning namuna sifatidagi oʻrni
beqiyosdir. Bolalar rivojlanishida esa, ming afsuski, turli muammoli holatlar uchrashi mumkin. Bu kabi
muammolarni bartaraf qilish hozirgi zamon mutaxassislaridan katta mas’uliyat talab qilinadigan jarayondir.
Quyida bolalarning shakllanishi jarayonida uchraydigan bolalar nevrozi va uni bartaraflashtirish
mexanizmlari haqida toʻxtalamiz.
|
| |