• Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet173/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Key words: gender, tolerance, play, individual, interest, desire, limited freedoms, stereotypes, 
    commitment stress, gamification, family, video games, mature, competent person. 
     
    Kirish. Barchamizga ma’lumki, faoliyat va faollik turlari ichida oʻyin faoliyati inson hayotining 
    barcha bosqichlarida qiziqish, motivatsiya hamda intilishni stimullovchi xususiyati bilan ajralib turadi. Oʻyin 
    faoliyati psixologik nuqtayi nazardan qaralganda, asosan kichik yoshdagi bolalar hayotida muhim oʻrin 
    tutadi. Buning sababi, maktabgacha yoshdagi bola uchun oʻyin, bolaning individdan shaxs sari 
    shakllanayotgan “Men”ining qiziqishlari, manfaatlari, istak va hayollarini roʻyobga chiqarish, har ikkala jins 
    vakillari bilan oʻzaro munosabatda boʻlishda tajriba orttirish, tanlov erkinligining mavjudligi
    tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlikda deyarli tasavvur yetgan hamma imkoniyatlarni taxminlash ehtimoli 
    mavjud boʻlgan maxsus dunyo hisoblanadi. 
    Asosiy qism. Oʻyin maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolaga turli xil ijtimoiy-
    madaniy, jinsiy rollar, munosabatlar (oʻyin jarayonida ham, real hayotda ham) sinab koʻrish, shuningdek, 
    koʻplab ijobiy his-tuygʻular, taassurotlar, unutilmas, quvonchli daqiqalarni boshdan keyichishga sharoit 
    yaratadi. 
    Maktabgacha ta’limda bolalikning quvnoq, cheklovlarsiz hayot tarzi, odatda, gender tengligi, gender 
    tolerantligi haqidagi bilimlarni berishga unchalik ham moslashtirilmagan. Shu sababli ham, bola uchun bir 
    jinsga mansub hamda qarshi jins vakillariga bir xil munosabatda boʻlish doimiy, tabiiy jarayon sifatida 
    namoyon boʻladi. Undan qarshi jins vakiliga nisbatan alohida, boshqacha munosabatda boʻlishning talab 
    qilinishi, dastlabki hollarda tushunmovchiliklar va inkor, isyonlarga olib kelishi mumkin. Yoki oilada 
    tarbiya, yanada batafsil aytganda, oilada gender intolerantligi kuzatilgan hollarda, bolaning oʻzga jins 
    vakiliga uyida koʻrgani kabi salbiy munosabat shakllanishi mumkinligi ham aksariat hollarda koʻp uchraydi. 
    Bola qolipga solingan, chegaralangan erkinliklar, stereotiplar, majburiyatlar stressni, urinishlari 
    muvaffaqiyatli chiqmagan taqdirda esa depressiyani keltirib chiqaradi. Natijada, maktabgacha ta’lim 
    muassasasi katta guruhi bolasida oʻqish, jamiyat, hayot va insonlarga nisbatan qiziqishning soʻnishi 
    kelajakda uning yaxshi kadr, yetuk, barkamol shaxs boʻlib yetishishiga jiddiy toʻsiq paydo boʻladi. 
    Shu sababli ham koʻpchilik bolalarda kichik yoshdan boshlab axborot kommunikatsiya vositalari, 
    gadjetlar, kompyuter, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, video oʻyinlarga qaramlik va oʻzaro kommunikatsiyaga 
    kirisha olmaslik, munosabatlarda toʻsiqlar muammosi paydo boʻldi. Ammo bu qiziqishlar bolalarda 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish