|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 176/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
126
orqali koʻrgan, eshitgan, oʻrgangan narsalarini oʻynashadi, shu bilan birga ota-onalar va boshqa kattalar
oʻrtasidagi munosabatlarga taqlid qila boshlaydilar.
Rolli oʻyinlar salbiy rol oʻynash stereotiplarini yengishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Masalan,
“Doktor va bemor”, “Ota va onamga sovgʻa”, “Kim boʻlmoqchiman?” kabi oʻyinlar mazkur maqsad uchun
aynan mos. Masalan, yuqorida keltirilgan har bir oʻyinda jinsiy rollarni almashtirish mumkin. Masalan,
“Doktor va bemor” oʻyinida oʻgʻil bolani shifokor sifatida biror “bemor” rolini oʻynayotgan bolaga
gʻamxoʻrlik qilishga undash mumkin, “Kim boʻlmoqchiman?” oʻyinida esa, qiz bolalarga odatda hayotda
yigitlar bajaradigan kasblardan biri (haydovchi, uchuvchi, quruvchi va hokazo)ni tanlab, yigit rolini
oʻynashga qiziqtirish mumkin.
Tadqiqotlardan ma’lum boʻlishicha, aksariyat hollarda qizlar bolalarning rolli oʻyinlardagi
yoʻnalishlari oʻgʻil bolalarnikiga nisbatan qarama-qarshi jinsga koʻproq oʻzgaradi. Tarbiyachi va ota-onalar
oʻyindagi rollarini taqsimlash va syujetga oʻzgarish kiritish orqali bolalarning ayrim negativ xususiyatlarini
tuzatishlari mumkin. Jinsiy oʻziga xosliklarni inobatga olgan holda bolaga ta’lim-tarbiya berish unga oʻzini u
yoki boshqa jinsning vakili sifatida aniqroq va ravshanroq anglashiga yordam berish uchun moʻljallangan.
Mazkur rolli oʻyinlar natijasida, bolalar gender barqarorligini rivojlantirish mumkin, masalan: “Men qiz
boʻlaman va men doimo qiz bola boʻlib qolaman” yoki “Man oʻgʻil boʻlaman va men doimo oʻgʻil bola
boʻlib qolaman”. Ushbu jarayonda jinsiy tanish va anglanganlikning oʻzbek mentaliteti va milliy
qadriyatlarga mos va xos tarzda olib borish, gender tolerantligini ta’minlash imkoni mavjud. Masalan, oʻgʻil
bolalar kelajakdagi oila boshligʻi va suyanchigʻi, erkak sifatida, oʻzlarining shaxsiy koʻrinishlarida nafaqat
erkaklik, irodalilik, mardlik va “temir” mushaklarini namoyish etishlari, shu bilan birga, adolatli, saxiy,
mehribon, muloyim, hamdard boʻlishlari va boshqa insonlar, qarindosh va doʻstlariga gʻamxoʻrlik
koʻrsatishlari kerak. Qizlar, kelajakdagi ona, rafiqa sifatida, an’anaviy qabul qilingan ayollik fazilatlaridan
tashqari, faol va tashabbuskor boʻlishlari va oʻz manfaatlarini himoya qila olishlari kerak. Bu holat oʻzbek
milliy tarbiyasi uchun aynan maqsadga muvofiq, hamda jamiyatda yuz berishi mumkin boʻlgan bir jinslilar
nikohlari, noodatiy jinsiy moʻljalga ega bolalarning shakllanishi yoki rivojlanishining oldini oladi. Shu bilan
birga, mazkur masalaga Gʻarb hamjamiyati negativ nazar bilan (masalan, individning tabiiy rivojlanishiga
qarshilik, yanada aniqroq aytganda, insonning tanlash huquqiga dahl, toʻsiq boʻlish) bilan qarashi mumkin.
Xulosa. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisiga tarbiya hamda ta’lim berish jarayonidagi
geymifikatsiya – oʻyinni ta’limning turli sohalarida qoʻllash jarayoni boʻlib, oʻyinni ham oʻqitish va
tarbiyalash usuli sifatida, ham ta’lim shakli sifatida, ham yaxlit ta’lim jarayonini tashkil etish vositasi sifatida
talqin qilish imkonini beradi.
|
| |