|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 179/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
128
Aksincha, bu oxiri yoʻq jarayondir. U oʻquv jarayonini umumiy kompyuterlash maqsadlarining birligini oʻz
ichiga oladi. Uning amalga oshirilishi ma’muriyat oʻqituvchi va pedagoglarning hamkorlik ishi natijasida
erishish mumkindir. Kompyuterlashtirishning sotsial qirralari, asosiy usullar va
vazifalar yechimidagi yondashuvlar, ma’lumotlarni qayta kompyuterda ishlash
usullari sekin-asta murakkablashadi va matematika, tabiyot, ijtimoiy fanlar va ona
tili darslarida turli usullar bilan muhokama etiladi. Bunday vaziyatda kompyuter
oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida axborot - ma’lumot almashish vositasi boʻlib
qoladi.
Innovatsion ta’lim sharoitida innovatsion texnologiyalarning qoʻllanishi
diapazoni juda katta: innovatsion texnologiyalar ham ta’lim obyekti, ham ta’lim
vositasi (usuli)dir. Ya’ni kompyuterlashtirish ta’limotining 2 yoʻnalishi boʻlishi
mumkin: informatika oʻrganish va turli predmetlarni (fanlarni) oʻrganishda undan
foydalanish. Bunda innovatsion texnologiyalar oʻrganish samaradorligining oshirilish usuli hisoblanadi.
Innovatsion texnologiyalar oʻquv ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini ancha kengaytirdi. Rang,
grafika, tovush, videotexnikaning zamonaviy vositalarini qoʻllash turli holat va muhitni modellashtirishga
imkon beradi.
Innovatsion texnologiyalar oʻquvchi motivatsiyasini kuchaytiradi. Innovatsion texnologiyalardan
foydalanib turib, oʻquvchi topshiriqning yechimini kerakli yordamga tayangan holda oxirgacha yetkazish
imkoniga ega boʻladi. Oʻquvchi bajarayotgan topshiriqlarning tiplari anchagina kengayadi: tuzish, dasturlash
va hokazo.
Innovatsion texnologiyalar oʻquvchi faoliyati ustidan nazoratni sifatli oʻzgartirishga imkon beradi,
koʻpgina hollarda esa nafaqat xatoni hisobga olib koʻrsatadi, balki uning paydo boʻlish sababini oʻz vaqtida
aniqlab, bekor qilish uchun xarakterini aniq belgilaydi. Kompyuter oʻquvchilarga “2” baho qoʻysa, ular tezda
buni tuzatishga shoshiladilar. Oʻqituvchi oʻquvchini tartib-intizom va e’tiborli boʻlishga chaqirishi shart
emas. Chunki ekranda 2-3 daqiqadan soʻng keyingi topshiriq paydo boʻladi.
Innovatsion texnologiyalar oʻquvchilarda oʻz faoliyatlari refleksiyasining shakllanishiga yordam
beradi. Innovatsion texnologiyalarning qoʻllanilishi darsni yanada qiziqarli, zamonaviy qiladi, individual
oʻrganish yoʻlga qoʻyiladi, Baholash sistemasi yanada adolatli boʻladi, shubha hamda gumonlarga, bahs-u
munozaralarga oʻrin qoldirmaydi.
Oʻquvchi shaxsining ehtiyojlari, qiziqishlarining rivojlanishi va shakllanishi turli usullar bilan ,
shuningdek, tasviriy san’at usullari bilan ham amalga oshiriladi.
Oʻquvchilar mustaqil tasviriy faoliyat bilan birga rasmlar, haykallar, arxitektura va dekorativ-amaliy
san’at asarlarini qabul qilishga tayyor boʻlgandagina muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Boshlangʻich maktab oʻqituvchisi bolalarni oʻqishga oʻrgatishi, ularning bilish ehtiyojlarini
rivojlantirishi shart. Zaruriy ilmiy asoslarni oʻzlashtirib olish uchun bilish vositalarni ta’minlashi lozim.
Shuning uchun asosiy maqsadlardan biri oʻquv-biluv jarayonlarini rivojlantirishdir. Oʻquv-biluv faoliyati
biluv jarayonlarni, mantiqiy fikrlashni, e’tiborni, xotirani, nutqni, tasavvurni rivojlantiradi, oʻqishga boʻlgan
qiziqishni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu barcha jarayonlar oʻzaro bogʻliqdir.
Elektron interfaol doska – bu sensorli kopyuterga ulangan ekran boʻlib, kompyuterga ishni boshlash
uchun interfaol doska yuziga qoʻl tegizsangiz boʻldi, u ishlab ketadi.
SMART Notebook nomli maxsus ta’minlash dasturi esa interfaol doskalarda ishlashni osonlashtiradi,
matnlar va audio - videomateriallar ustida ishlashni ta’minlaydi.
SMART Technologies Inc. (www.smarttech.cjm) kompaniyasi 1991-yil birinchi interfaol doskani
chiqardi. Shundan beri SMART mahsuloti butun dunyoda cheksiz muvaffaqiyat qozonib kelmoqda.
Doska (sinf taxtasi) taraqqiyotining eng yuqori choʻqqisi bu elektron interfaol doskalar hisoblanadi.
Bu doskalar ham xuddi oddiy doskalarga oʻxshaydi. Lekin unga har nima yozilsa tezda shaxsiy kompyuter
ekraniga chiqadi. Yozilgan informatsiya fayl shaklida saqlanadi hamda printerdan chiqarilishi mumkin.
Elektron interfaol doskalarning eng yaxshi va qulay tomoni shundaki, unda animatsiyalar imkoniyati juda
yuqori. Rasm chizish, qoʻshish, ma’ruza matnlarini tayyorlash va boshqa shunga oʻxshash ishlarni rangli va
animatsiyalar yordamida tez va sifatli bajarish imkoniyati mavjud.
Rossiyaning umumta’lim maktablarida 1996-yildan beri bu doskalardan foydalanadilar. Mazkur
doskalardan boshlangʻich sinflarda keng foydalanish yaxshi samara beradi. Elektron interfaol doskalar
oʻzining katta imkoniyatlari bilan kishini lol qoldiradi. Oʻquvchi unda oddiy boʻr bilan emas rangli
“qalamchalar” bilan yozishi va chizishi mumkin. Bu ishda hech qanday chegara yoʻq. Oʻquvchilar katta
qiziqish bilan bu doskadan foydalanadilar. Oʻzlarining layoqatlarini bu doska orqali yanada kengroq
namoyon etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
https://buxdu.uz
|
| |