|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 187/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
134
- yangi milliy oʻquv dasturida barcha sinflar kesimidagi haftalik yuklama 314 soat etib belgilandi. Bu
esa 2019-yildagiga nisbatan 25 soat kam.
- umumiy holatda oʻrganiladigan mavzular soni 6789 tadan 1057 taga qisqartirilib, 5732 taga
kamaytirildi. Birgina boshlangʻich sinf ona tili darsliklaridagi 18 mavzu qisqartirildi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy dasturga binoan boshlangʻich sinf ona tili
darslari intensivlashtirilgan deyishga asosimiz bor. Chunki ona tili va oʻqish darslarining integratsiyalanishi
natijasida haftalik oʻquv soatlar hajmi 10 saotdan 7 soatgacha qisqartirildi. Oʻrganiladigan oʻquv materiallari
mazmuni tubdan oʻzgartirilib, oʻquvchilarni xalqaro baholash tizimi talablariga javob berishga
tayyorlaydigan, ularni tanqidiy va mantiqiy fikrlashga oʻrgatadigan mashqlar kiritildi. Bundan tashqari,
oʻquvchilarga bitta mavzu doirasida bir paytning oʻzida fonetik, leksik, morfologik, sintaktik bilimlar
kompleks oʻrgatiladi. Berilgan matn asosida oʻquvchilar ham fonetik, ham leksik, ham grammatik, ham
orfografik bilimga ega boʻlishadi. Birgina ona tilida oʻrganiladigan soʻz turkumlari mavzusini olib koʻraylik.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oʻquv dasturi asosida yaratilgan 1-sinf ona tili darslarida soʻz
turkumlaridan faqat 4 tasi oʻrganilar edi: shaxs va narsaning nomini bildirgan soʻzlar, shaxs va narsaning
harakatini bildirgan soʻzlar, shaxs va narsaning belgisini bildirgan soʻzlar, shaxs va narsaning miqdorini va
tartibini bildirgan soʻzlar.
Milliy dastur asosida yaratilgan ona tili va oʻqish savodxonligi darslari intensivlashtirilishi natijasida,
1-sinf darsligining 1-boʻlimidan boshlab oʻquvchilar gaplar yigʻindisi va matnni farqlashi, matndagi gaplar
oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunishi, matn yaxlitligiga xizmat qiladigan vositalarni (mantiqiy bogʻlanish,
olmoshlar) tushunishi kerak. Oʻquvchilar kishilik olmoshlaridan foydalanib, oʻz fikrini erkin bayon qila
olishi kerak. Vaholanki, kishilik olmoshlari 4-sinfda oʻragatilar edi.
Yana bir misol tariqasi boshlangʻich sinflarda fe’l soʻz turkumini oʻrgatish tizimini olaylik. Milliy
dasturga asosan oʻquvchilarga yangi tushuncha, fe’l nisbatlari oʻrgatiladi. 4-sinfda ular majhul va orttirma
nisbatdagi fe’llarning farqi, ularning ma’no ifodalashdagi oʻrnini anglashga, ma’lumotni majhul nisbat orqali
berishda uning mazmuniy va shakliy oʻzgarishlarini anglash ustida mashq va topshiriqlarni bajaradilar.
Xulosa. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ona tili va oʻqish savodxonligi darslarini
intensivlashtirish yilda-yilga ortib bormoqda.
|
| |