|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 186/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar. Biz yuqorida Amerika va Rossiya davlatlarida intensiv ta’limning joriy
etilishining ayrim jihatlariga toʻxtaldik. Shu oʻrinda tabiiy savol tugʻiladi: Oʻzbekiston ta’lim tizimida
intensiv ta’lim joriy qilinganmi, uning oʻrni va ahamiyati qanday? Maktablarda oʻquv jarayonini
jadallashtirishning joriy holati qay darajada? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilib koʻraylik.
Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach ta’lim berish sifatini oshirish, kuchli bilim va salohiyatga ega
boʻlgan kadrlarni tayyorlash, keng dunyaqarashga ega boʻlgan, oʻz fikr-mulohazsini erkin bayon qila
oladigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida bir necha bor davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari
yangilanib, takomillashtirib borilmoqda. Har bir qabul qilingan oʻquv dasturi avvalgisidan farq qilib, bilim
berishning zamonaviy tendensiyalariga va jahon ta’lim standartlariga yaqinlashtirib borish nazarda tutiladi.
Xususan, fikrimiz dalili sifatida yaqin oʻtmishda amalda boʻlgan boʻlgan 2017-yil qabul qilingan
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oʻquv dasturi va 2021-yil qabul qilingan milliy dasturlarni oʻzaro
taqqoslab koʻraylik:
- nazariy soatlar qisqartirilib, amaliy soatlar hajmi umumiy holatda milliy dasturda 22 foizdan 50
foizgacha oshirildi;
- oʻquvchilarning individual istaklari va qobiliyatlarini inobatga olish imkoniyatini beruvchi variativ
oʻquv rejalar asosida oʻqitish tizimini joriy qilish imkoniyati kengaytirilmoqda;
- oʻquvchilar yoshidan kelib chiqib, xalqaro tajribalar, psixologik va sanitariya normalariga asoslanib
haftalik normativlar sinflar kesimida qayta koʻrib chiqilib, bosqichma-bosqich oʻquv yuklama soatlari
qisqartirildi;
1. Oʻquv materialini oqilona tanlash, asosiy va ikkinchi darajali qismini aniq belgilab olish.
2. Oʻquv materiallarining eng muarakkab qismini oʻquvchilarning idrok qilish qobiliyati
eng faol boʻlgan vaqtga qarab taqsimlash.
3. Oʻquv jarayonining har bir daqiqasidan unumli va maqbul foydalanish.
4. Ta’limni individuallashtirish va diffensiallash.
5. Pedagogik muloqot koʻnikmalarini takomillashtirish, ta’lim shakllari va usullarini
toʻgʻri tanlash.
6. Oʻquvchilarning mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish.
7. Oʻquv jarayonida zamonaviy texnik vositalar, jumladan, kompyuterlar va multimedia
vositalaridan foydalanish.
https://buxdu.uz
|
| |