|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 185/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
133
Fallon Karinning fikriga koʻra intensiv ta’lim bir qancha yoʻnalishlarda rivojlanish imkoniyatlarini
yaratadi:
- ilmiy yutuq;
- oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi yaxshi munosabatlar;
- oʻquvchilar oʻrtasidagi koʻproq ijobiy munosabatlar;
- oʻquvchilarning oʻz tushunchasining yaxshilanishi.
Fallon Karinning ilmiy mulohazalariga mutanosib ravishda Barbara Schieffelinning fikri quyidagicha
boʻlgan: “Intensiv ta’lim - bu muqobil ta’lim usuli boʻlib, unda oʻquvchilar kuniga bir yoki ikkita fanni
haftalar davomida oʻrganadilar”. Bundan tashqari Amerikada intensiv ta’lim nafaqat maktablarda, balki
yozgi maktablar va kollejlarda ham tashkil etilgan. Kerol, Kusik, Uolles, Bevan, Deveny & Bookout kabi bir
qancha tadqiqotchilar bu borada ilmiy izlanishlar olib borib, yaxshi natijaga erishishgan.
Amerika maktablari kabi Rossiya maktablarida ham intensiv ta’limning joriy etilishiga alohida e’tibor
qaratilgan. Biroq rus maktablaridagi holat Amerika maktablaridan biroz farq qilgan.
Amerikaliklar ta’limni intensivlashtirishda dars jadvalidagi mavjud holatga oʻzgartirish kiritishgan
boʻlishsa, rus maktablarida esa odatiy oʻquv soati amal qilavergan.
Rus pedagoglari ta’limni intensivlashtirish - bu bilim berishning sifat va talablarini kamaytirmasdan
oʻqitishning oʻzgarmas davomiyligi bilan katta hajmdagi axborotni uzatishdir deya e’tirof etishgan.
Ta’limning intensivlashtirilishi oʻquv jarayonining har bir daqiqasi davomida oʻqituvchi va talabaning
ish samaradorligini oshirishdir. Intensiv ta’limda an’anaviy ta’lim tizimi kabi oʻquv soatining belgilangan
vaqti oʻzgarmaydi. Biroq, beriladigan bilim hajmi ancha keng qamrovli boʻladi.
Rus pedagogi L.Y.Lepeshkina oʻquv faoliyati mazmunini intensivlashtirish va optimallashtirishga
yordam beruvchi asosiy bir qancha parametrlarni ajratib koʻrsatadi.
|
| |