• oʻquvchi tilshunoslikning leksikologiya va morfologiyaboʻlimlarini takrorlashga erishadi.
  • ishlashga sharoit yaratiladi




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    ishlashga sharoit yaratiladi.  
    3. Tobe va hokim soʻzga nima vositasida bogʻlanishi asosida ularni uch guruhga ajratish, shuningdek, 
    qoʻshimchalar yordamida bogʻlanish, yordamchilar yordamida bogʻlanish hamda koʻmakchilar yordamida 
    bogʻlanishni oʻqituvchi tushuntirdi. Asosiysi: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish ustida ishlandi. 
    4. Oʻquvchilarga uchinchi topshiriqni bajarishi asosida 5-6-7-sinflar kesimida oʻtilgan mavzularni, 
    ya’ni soʻz va uning ma’nolari, qoʻshimchalar, qoʻshimchalarning turlari, yordamchi soʻzlar haqidagi 
    bilimlarini takrorlab oldi. Asosiysi oʻquvchi tilshunoslikning leksikologiya va morfologiyaboʻlimlarini 
    takrorlashga erishadi.
    5. Darsning tarbiyaviy maqsadi masalasiga kelinsa, berilgan matn orqali kitobxonlik madaniyati 
    shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, oʻzgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati 
    rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Bugungi darsda oʻquvchini ma’lum ma’noda tarbiyalashga 
    ham erishiladi. 
    Oʻquvchilarga bunday topshiriqlar berilganda ularga aforizmlar, donolar hikmatlaridan topib, ularini 
    izohlash, munosabat bildirishga oʻrgatish, shu asosda matn yaratish yoki matn tuzishda fikrni asoslash uchun 
    qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish mumkin. Topshiriqqa bunday yondashish darsni samarali tashkil qilish 
    va oʻquvchiga koʻproq foydali bilim, koʻnikma va malaka berishga imkoniyat yaratadi.
    Bu kabi topshiriqlarni tuzishda va grammatik tahlil qilish hamda soʻz birikmasi ustida ishlash foydali 
    ekanligi inobatga olingan. Qolaversa, oʻquvchi mashhur kishilarning hayot haqidagi qarashlarini oʻrganishga 
    qiziqadi. Eng muhimi, ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda toʻgʻri va ravon bayon 
    eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    Mavjud darsliklarda bunday matnlarni kengroq berilishi lozim. Biroq ular asosida berilgan 
    topshiriqlarni takomillashtirish lozim. Darslikning asosiy vazifasi oʻqituvchini, koʻproq oʻquvchini 
    yoʻnaltirish ekan, biz, avvalo, mashqni topshiriqdan farqlab ularning shartlarini oʻquvchida lingvistik 
    koʻnikmalarni shakllantira oladigan holatga keltirishimiz zarur. 
    Bugungi kunda ta’limga qoʻyiladigan talablar oʻqituvchini ijodiy izlanishga undamoqda. Dars 
    jarayonida berilayotgan topshiriq birgina koʻnikmani hosil qilishga qaratilgan boʻlsa, u bugungi kun talabiga 
    toʻla javob berishi qiyin. Bir topshiriqni bajarish mobaynida bir nechta koʻnikmani shakllantirish payti 
    allaqachon kelgan. Darslik hamda oʻquv qoʻllanmalarning aksariyatida mashq va topshiriqlardan unumli 
    foydalanilmaydi. Ya’ni birgina topshiriq bilan kifoyalaniladi.
    Bizningcha, bir paytning oʻzida bir necha topshiriq berish samaraliroq natija beradi:
    – birinchidan, tildan unumli foydalanish imkoniyatini kengaytiradi
    – ikkinchidan, maktabda oʻqitiladigan boshqa fanlar, jumladan, matematika, fizika, kimyo kabilardan 
    masala berilganda oʻquvchi qiynalmaydi.
    Chunki u ona tili darslarida bu shakldagi muammoli topshiriqqa koʻp duch kelgan va bosqichma-
    bosqich hal etilishi topshirilgan topshiriqlarni bajarishga odatlangan boʻladi.
    Lingvistik kompetensiyani kompleks tarzda shakllantiruvchi topshiriqlarning tarkibi quyidagicha: 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish