|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 191/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
136
8-sinf Ona tili darsligida berilgan oʻquvchilarning lingvistik kompetensiyani shakllantirish quyidagi
pedagogik texnologiya asosida amalga oshiriladi:
23-dars. Teng va tobe bogʻlanish
Birgina topshiriqni bajarish mobaynida bir nechta zarur lingvistik kompetensiya shakllantirishga
erishish texnologiyasi
1-topshiriq. Matnni oʻqing.
Hunar xosiyati
Aytishlaricha, Gushtpast (Erondagi kayoniylar sulolasining beshinchi humdori) kunlarning birida oʻz
Vatanidan ayrilib, begona bir shaharga kelib qoldi. Uning yonida biror chaqa ham yoʻq edi. Yeyishga narsa
topolmay, och qoldi. Birovdan soʻray desa, izzat-nafsi yoʻl qoʻymas edi. Unig yodiga yoshligi tushdi. U
bolalik paytida maktabga borar ekan, yoʻl chetida joylashgan temirchi doʻkoni oldida biroz toʻxtab,
temirchilarning pichoq va bolta yasashlarini tomosha qilar edi va uning siridan birmuncha voqif boʻlib
qolgan edi. Gushtpast koʻp oʻylab oʻtirmay, temirchilarning oldiga bordi va ularga dedi:
-Ey birodarlar, temirchilik siridan ancha xabardorman, meni ham oʻzlaringga sherik qilib
olsalaringiz.
Temirchilar rozi boʻlishibdi. Gushtpast bir necha muddat ishlab, pul yigʻdi. Soʻng Vataniga qaytib
bordi. U martabaga erishagan paytida barcha yosh-u qarini kasb-hunar oʻrganishag da’vat qildi.
Bolalarni kunning avvalida oʻqitib, ikkinchi qismida hunar oʻrgatishaga farmon berdi.
21-topshiriq. Birinchi guruh bogʻlanishdagi tobe va hokim soʻzlarni aniqlang.
Tobe soʻzlar
Hokim soʻzlar
1) oʻz vatani
2) begona shaharga
3) uning yonida
4) ...
...
22-topshiriq. Tobe va hokim soʻzga nima vositasida bogʻlanishi asosida ularni uch guruhga ajrating:
1) qoʻshimchalar yordamida bogʻlanish: uning yodiga, temirchi doʻkoni
2) koʻmakchilar yordamida bogʻlanish: meni ham oʻzlariga,...
3) qoʻshimcha va koʻmakchilarsiz bogʻlanish:temirchilar rozi, bir necha muddat,...
|
| |