|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 190/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: mother tongue education, teaching process, topic integration, linguistic competence, wide
range of mother tongue capabilities, formation of linguistic competence, subordinate clauses, dominant
words, task stages, mother language textbook, teacher and student.
Kirish. Yangilanayotgan Oʻzbekistonda ta’lim tizimiga doir islohotlar doirasida xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “oʻqitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, oʻquvchida kichik yoshdan ta’lim olishga
sogʻlom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish” [1] kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo,
umumiy oʻrta ta’lim, jumladan, umumiy oʻrta ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro ta’lim standartlari
asosida oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma savodxonligini rivojlantirish, oʻquvchilarning oʻziga xos ijobiy
xususiyatlarini aniqlash, ragʻbatlantirish hamda milliy qadriyatlarni uygʻunlashtirgan holda Vatan va
xalqning sodiq fidoyi farzandi etib tarbiyalash, zamonaviy va innovatsion pedagogik usullarini ta’lim-tarbiya
jarayoniga singdirish hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish orqali sifatini
oshirish kabi talablarni vazifa qilib belgilaymiz. Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Har birimiz davlat tiliga boʻlgan e’tiborni mustaqillikka boʻlgan e’tibor deb, davlat tiliga
ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga
aylantirishimiz lozim. Bu oliyjanob harakatni barchamiz oʻzimizdan, oʻz oilamiz va jamoamizdan
boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda
namoyon etishimiz kerak” [2]. Bunday yuksak hamda muhim ijtimoiy vazifani bajarishda boshlangʻich
sinflarda ona tili ta’limini, xususan, oʻquvchilarni til va nutqqa doir ilmiy-nazariy bilim va amaliy malaka
hamda koʻnikmalarni izchil, uzviy, mukammal, ijodiy va mustaqil oʻzlashtirishga yoʻnaltiruvchi, muayyan
tartib hamda qoidalarga asoslangan topshiriqlar tizimini yaratish, takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Asosiy qism. Bugungi kunda umumiy oʻrta ta’lim maktablarida Ona tili fanini oʻqitishning asosiy
maqsadi - oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda toʻgʻri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati
shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, oʻzgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati
rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
https://buxdu.uz
|
| |