|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 183/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: education, intensive education, intensification of teaching, American education, Russian
schools, timetable, school, occupation, state educational standards, curriculum, national program, native
language and reading literacy, competency approach.
Kirish. Dunyo miqyosida ilm-fanning taraqqiy etishi kundan-kunga tezlashib, ilgarilab bormoqda.
Barcha sohalar singari ta’lim tizimiga ham yangi texnika, texnologiyaning kirib kelishi bu sohada tub
burulish yasamoqda. Barcha rivojlangan mamlakatlar singari yurtimizda ham ta’limga qaratilayotgan e’tibor
oʻtgan yillarga nisbatan yanada kuchliroq tus olmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’limni keng
koʻlamli modernizatsiya qilish jarayoni davom etmoqda.
Ta’lim barcha sohani rivojlantirishdagi asosiy mexanizm ekanligi, kundan-kunga ushbu sohaning oʻrni
va ahamiyati ortib borayotgan bir zamonda bir qancha yechimini kechiktirib boʻlmas muammolar
koʻndalang turibdi. Ushbu muammolarni hal qilish, ta’lim tizimini modernizatsiyalash, islohotlarni bekamu-
koʻst amalga oshirish masalasi kun tartibidagi asosiy masaladir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni oʻtkazilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan
videoselektorda “Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Maktab ta’limida poydevorni
bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz.
Qiyin yoʻlni tanlayapmiz, lekin shu yoʻl muammolarni yechadi”, – deb ta’kidladi. Davlatimiz rahbari
tomonidan imzolangan “2022 - 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida”gi Farmonida ham ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan bir qancha
maqsadlar belgilandi. “Shu paytgacha foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari faqat
nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan boʻlib, bolalarni mantiqiy fikrlashga, amaliyotga, hayotga
oʻrgatmayapti. Taraqqiyot strategiyasida toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta
maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab taʼlimi bilan bogʻliq”.
Taraqqiyot strategiyasiga koʻra 2022-2026-yillarda maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy
etish orqali xalq ta’limi tizimida qoʻshimcha 1,2 million oʻquvchi oʻrni yaratish; 2026-yilga qadar oʻquv
dasturlari va darsliklarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta koʻrib chiqib, amalda joriy etish kabi
ustuvor maqsadlar maktab ta’limini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jahon standartlariga mos
https://buxdu.uz
|
| |