, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
129 
Ustozlarimiz uchun ham bu elektron interfaol doskalar katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. 
Masalan, ustozlarimiz boshlangʻich sinflarda husnixat darslarini ushbu doska orqali nihoyatda qiziqarli 
hamda samarali tashkil etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Ustozlarimiz tajribalaridan ayonki, birinchi sinfda yozuv 
mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Bu 
uchun birinchi navbatda tayyorgarlik mashqlarini yaxshi tashkil etish 
zarur. Oddiy doskada tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun 
oʻquvchilarni qora va rangli boʻrlar bilan ta’minlash lozim. Agar 
elektron interfaol doskadan foydalanilsa boʻr va lattaga umuman hojat 
qolmaydi. Elektron interfaol doskalarda xohlagan narsani xohlagan 
rangda yozish mumkin. Bu ham ortiqcha mehnat va pulni tejaydi, 
tozalik gigiyenasini ta’minlaydi hamda oʻquvchilar qiziqishini yuqori darajada 
koʻtarib, samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Tayyorgarlik davrida oʻtkaziladigan mashqlar ma’lum darajada guruhlarga 
boʻlib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. Masalan, 
birinchi guruh mashqlarida oʻquvchilar chiziq ustida muayyan masofalarda nuqta 
qoʻyib chiqish mashqini bajarishlari kerak. Bu hol oʻquvchilarga zerikarli tuyuladi. 
Shu bois oʻqituvchi rangli boʻrlardan foydalanib, shogirdlari qiziqishini oshirishga 
erishadi. Elektron interfaol doskalarda esa bu ish oddiy tus oladi. Oʻquvchi 
nuqtalarni xohlagan rangda yozishi mumkin. Masalan, birinchi nuqtani koʻk rangda, 
ikkinchisini qizil rangda, uchinchisini yashil rangda va hokazo. Tayyorgarlik 
mashqlari sirasiga turli xildagi geometrik figuralar, bayroqchalar, daraxtlar maketi, 
turli shakl va hajmdagi tayyoqchalarni chizish ham kiradi. Bu ishlarni elektron interfaol doskalar yordamida 
tez va sifatli tarzda oʻquvchilarga oʻrgatish mumkin. Masalan doskaning bir burchagida chizilgan kichik 
ilmoqchani sinf oxirida oʻtirgan oʻquvchi yaxshi koʻrolmasligi mumkin. Elektron interfaol doska orqali har 
bir yozilgan va chizilgan narsa xohlagan kattalikda koʻrsatilishi mumkin. Bu imkoniyat husnixat darslari 
samaradorligini oshirishga katta yordam beradi. Mazkur doskalarni osonlik bilan bir necha qismga boʻlib, 
birdaniga bir necha oʻquvchiga topshiriqni bajartirish mumkin. Bajarilgan topshiriqlar kompyuter xotirasiga 
kiritilib boriladi. Ma’lumot xohlagan vaqtda orqata qaytarilib, qayta-qayta koʻrilish mumkin. Oddiy doskada 
esa yozilgan narsa oʻchirilsa tamom. Uni qayta koʻrish imkoniyati yoʻqoladi. Elektron interfaol doskada esa 
uni xohlagan vaqtda qaytadan koʻrish va tahrir etish imkoniyati mavjud. 
Alifbe davrida bolalarni yozishga oʻrgatish juda muhimdir. Bu davrda oʻquvchilarga harf va uning 
unsurlari amaldagi “Alifbe” kitobida koʻrsatilgan tartibda oʻrgatiladi. 
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 
➢ kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish; 
➢ harflarni boʻgʻin va soʻzlarda qoʻshib yozish; 
➢ qoʻl harakatini uzmay yozishga oʻrgatish; 
➢ harflarning qiyaligini va enini toʻgʻri saqlashga oʻrgatish. 
Mazkur ishlarni oddiy doska yordamida oʻquvchilarga oʻrgatish 
oʻqituvchidan katta zahmatni talab etadi. Ustoz bu ishni samarali tashkil 
etishi uchun katta hajmda koʻrgazma qurollar tayyorlashi lozim. Agar 
ushbu ishlar elektron interfaol doskalar yordamida oʻquvchilarga 
tushuntirilsa ham samarasi katta boʻladi ham oʻqituvchining mehnati 
ancha yengil boʻladi. Ijodkor oʻqituvchi elektron interfaol doskalardan 
juda yaxshi foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. 
Mazkur doska yordamida “Alifbe” darsligining xohlagan varagʻi va yo sahifasini oʻquvchilarga 
kattalashtirilgan holda koʻrsatish mumkin. Unda har bir oʻtilishi lozim boʻlgan harfni unsurlarga boʻlib oʻtish 
imkoniyati nihoyatda kattadir.
Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi sinflarda ham oʻquvchilarni chiroyli yozishga oʻrgatishga elektron 
interfaol doskalardan foydalanish mumkin. 
Husnixat darslarini elektron slaydlardan ham foydalangan holda samarali va qiziqarli tashkil etish 
hamda oʻtkazish mumkin. Elektron slaydlar kompyuter orqali tayyorlanadi. Dars mashgʻulotini ham elektron 
slayd tarzida tayyorlash mumkin. Bunda turli xildagi animatsiyalardan keng foydalanish imkoniyati mavjud.
Har bir harfni oʻrgatish uchun maxsus elektron slaydlar tayyorlash mumkin. Bu ham qiziqarli ham 
samarali boʻladi. Oʻquvchi darsni oʻqituvchi soʻzidan emas, balki kompyuterda chiroyli animatsiyalar bilan 
jihozlangan oʻyinlar orqali oʻzlashtirib boradi. Umuman olganda husnixat darslarini elektron slaydlar orqali 
oʻrgatib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish