|
BOSHLANGʻICH SINF HUSNIXAT DARSLARINI INNOVATSION Pdf ko'rish
|
bet | 178/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1BOSHLANGʻICH SINF HUSNIXAT DARSLARINI INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Maqolada dars jarayoniga hozirgi kunda yuqori imkoniyatlarga ega boʻlgan innovatsion
texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari bayon qilingan. Innovatsion ta’lim vositalarining yuqori
darajadagi imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: texnologiya, innovatsion texnologiya, dastur, kompyuter, axborot texnologiyalari,
elektron interfaol doska, SMART Notebook.
В статье описаны возможности внедрения в учебный процесс инновационных технологий,
которые в настоящее время имеют высокий потенциал. Анализируется высокий потенциал
инновационных средств обучения.
Ключевые слова: технология, инновационная технология, программное обеспечение,
компьютер, информационные технологии, электронная интерактивная доска, SMART Notebook.
The article describes the possibilities of introducing innovative technologies into the teaching process,
which now have high potential. The high potential of innovative educational tools is analyzed.
Key words: technology, innovative technology, software, computer, information technology, electronic
interactive whiteboard, SMART Notebook.
Kirish. Innovatsion ta’lim sharoitida axborot texnologiyalarning jadal rivojlanishi keyingi yillar ichida
insoniyat shaxsining shakllanishiga juda katta hamda salmoqli iz qoldirmoqda. Zamonaviy axborotlar,
reklamalarning tezda kirib kelishi, televideniyada kompyuter texnologiyalarining qoʻllanishi, elektron
oʻyinchoqlar va kompyuterlarning keng tarqalishi bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda. Natijada u
yaxshi koʻrgan oʻyinlar va sevimli qahramonlari ham oʻzgaradi. Bu holat bora-bora bolaning qiziqishlariga
ham ta’sir oʻtkazmay qolmaydi.
Mubolagʻa emas, umumta’lim maktablarida, hatto, boshlangʻich sinflarda ham oʻqish boshlanganda
bu ma’lum qulaylikni his etish mumkin. Bugungi kunda barcha maktablarda texnologik sinflar bor. Maktab
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning yoʻnalishlaridan biri “Maktablarni
zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kopyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv-usubiy materiallar bilan
ta’minlash” [1] hisoblanadi. Bu Dasturning amalga oshirilishi maktablarimiz hayotini tubdan oʻzgartirib
yuborishga qodirdir.
Ta’kidlash joizki, eskirgan oʻquv dasturlari va metodik usullar oʻquvchilar bilimining pasayishiga olib
keladi. Oʻqituvchilardan esa oʻqitishning yanada zamonaviy usul va vositalarini izlashga undaydi. Bunday
vositalardan biri bu innovatsion texnologiyalardir.
Umumta’lim maktabining oʻquv va oʻquv jarayonidan tashqari faoliyatida innovatsion
texnologiyalarning qoʻllanilishi bolada oʻqish motivatsiyasi oʻsishining va ijodiy imkoniyatlari
rivojlanishining samarali xususiyatlaridan biridir.
Bir qator pedagoglar boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompyuter savodxonligining erishishida
ikkilanadilar. Ularning ba’zilari kompyuterlar faqat sinfda bolaning e’tiborini chalgʻituvchi yana bir vosita
deb hisoblasalar, boshqalari esa hisoblash texnikasi sohasida jiddiy professional tayyorgarliksiz
oʻqituvchilarning darslarda kompyuterlardan foydalanishi va kompyuter savodxonligiga bolalarni oʻrgatish
mumkin emas deb ta’kidlaydilar. Uchinchilari esa kompyuterlardan doimiy foydalanish maktabda shunday
bir holatga olib keladiki, unda insoniyat kompyutersiz sonlarni na qoʻshish, na hisoblay olishga qodir
boʻlishi xavfini ifodalaydilar. Yana bir muhim qarshilik mavjud boʻlib, u bolalarning bir-biri bilan kam
muloqotda boʻlishi muammosidir. Chunki kompyuter zamonida ular vaqtlarining ancha qismini kompyuterda
oʻtkazishadi.
Ayni zamonda maktabni informatsion asrga adaptatsiyalanishidan boshqa chorasi yoʻq. Hisoblash
texnikasi bilan tanishish bunday adaptatsiyaning faqat bir qismi sanaladi. Adaptatsiyaning asosiy maqsadi
shundaki, bolalarni axborot - ma’lumotlarni qayta ishlashga oʻrgatish, topshiriqlarni bajara olishga, insonlar
bilan muloqot qilish va jamiyatdagi oʻzgarishlar mohiyatini tushunishga oʻrgatish zarurdir. Kompyuter
maqsadlari matematika, ijtimoiy fanlar, tabiyot va ona tili darslarida amalga oshirilishi lozim. Bunday
integratsiya bir yil davomida tugatilishi yoki bir qaysidir loyihani amalga oshirilish natijasi boʻla olmaydi.
https://buxdu.uz
|
| |