|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 174/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
125
odamovilik, agressiya, qoʻrquv, inkor etish kabilarni ham shakllantirdi. Bu jarayonni hozirgi raqamlashtirish
va axborot texnologiyalari asrida toʻxtatish yoki oldini olish imkoni yoʻq. Biz faqat bu vaziyatdan ta’limiy
maqsadda foydalana olamiz, xolos, ya’ni, vaziyatni oʻz foydamizga hal qilishimiz mumkin. Umuman
olganda, yuqoridagilardan kelib chiqib, bola oʻynashni xohlaydi, degan xulosaga kelishga asos boʻladi.
Bugungi tarbiya va ta’limning vazifasi esa unga ushbu imkoniyatni berishdir.
Dastlab, “geymifikatsiya”, ya’ni “oʻyinlashtirish” atamasiga toʻxtalish lozim. Mazkur atama inglizcha
“gamification” soʻzidan kelib chiqqan. U oʻyin texnikasini oʻyinga aloqasi boʻlmagan jarayonlarga nisabatan
qoʻllashni anglatadi. Geymifikatsiya komponentlari global marketing, resurslar va kadrlar menejmenti
hamda innovatsiyalarni boshqarish sohalarida muvaffaqiyat bilan qoʻllanilmoqda. Oʻyin texnologiyalarini
qoʻllash mohiyati, tarbiyani geymifikatsiyalash texnologiyasi miyaning tanish xususiyatidan foydalanishga,
ya’ni, bajarilgan ish uchun mukofot olishga asoslangan. Yuqorida aytganimiz kabi, har bir bola oʻz
istaklarini amalga oshirishni, vaqtincha boʻlsa ham erishishni xohlagan narsalar, qadriyatlarga ega boʻlishni
istaydi. Ma’naviy manfaat esa bolaning ichki qoniqishida, bola uchun ideal boʻlgan hayol modelini
ifodalaydi.
Qisqa qilib aytganda, geymifikatsiyani bolaning diqqatini jalb qilish va muammolarni hal etishga oid
bilimlarini anglash va amalga oshirish uchun oʻyin orqali tafakkurdan va oʻyinsiz kontekstdagi oʻyin
mexanizmidan foydalanish texnologiyasi sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiq.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga geymifikatsiyani joriy etishning bir qancha ustunliklari mavjud:
• bolaning gender tolerantlik haqida shakllantirilishi lozim boʻlgan mashgʻulotga chinakam
qiziqishini ta’minlash;
• bolaning eng “zerikarli” deb hisoblaydigan mashgʻulotlarda ham motivatsion yondashib ishtirok
etishini ragʻbatlantirish;
• gender rollariga oid ma’lumotlarni yetkazish, gender tolerantligini shakllantirishda oʻyin faoliyati
ishtirokchilarining diqqat, tushunish, qiziqish, idrok, fikrlash kabi aqliy jarayonlari faollashtirish [11].
|
| |