|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 175/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar. Gender rollari nazariyasidan kelib chiqqanda, shuni ta’kidlash
mumkinki, turli jinsga mansub bolalarni oʻyinlari ham bir-biridan sezilarlicha farq qiladi. Masalan, qiz
bolalarning oʻyinlari koʻpincha yaqindan koʻrishga tayanadi: qizlar oʻzlarining xazinalari va boyliklari
boʻlgan qoʻgʻirchoqlar, turli matolar, taqinchoq, qizlarga xos boʻlgan yoqimli deb hisoblanadigan
buyumlarini bir joyga qoʻyishadi va odatda, chegaralangan hududda oʻynaydilar. Olimlarning fikricha, qiz
bolalar oʻyin oʻynashlari uchun ularga kichkinagina joy yetarli. Oʻgʻil bolalarning oʻyinlari esa, koʻp
hollarda, uzoqdan koʻrishga asoslangan, odatda, oʻgʻil bolalar bir-biri bilan quvlashmachoq oʻynashi, hamma
yoqqa “burun suqishi”, tevarak-atrofdagi barcha teshik-boʻshliqlarni topib, berkinishi yoki biror buyum yo
oʻyinchoqlarni yashirib qoʻyishlari mumkin, kattalarning hayoliga ham kelmaydigan uzoqlikdagi joylardan
nishon sifatida foydalanishi va ularga toʻp, tosh, rogatka va hokazolarni otib oʻynashlari mumkin. Oʻgʻil
bolalarning aqliy rivojlanishiga qizlarnikiga qaraganda koʻproq boʻshliq, joy kerak. Qiz bolalar esa, oʻgʻil
bolalarga nisbatan psixologik va irsiy oʻziga xosliklarga asosan, koʻproq moslashuvchan boʻladilar, shu
sababli, ularning aqliy rivojlanishi uchun keng makon talab qilinmaydi. Qiz bolalarda tasavvur, hayolot va
fantaziya ham oʻgʻil bolalarnikiga nisbatan kengroq rivojlanadi, shu sababli ham bir xil sharoitda oʻsib-
ulgʻaygan qiz va oʻgʻil bolalarda ruhiy-psixik rivojlanishi turlicha boʻlishi kuzatilgan. Shuningdek, torroq
xonalarda oʻynaydigan oʻgʻil bolalar tavakkalni yaxshi koʻradilar, baland shkaf yoki stol va hokazo vertikal
boʻshliqdagi mebellarning ustiga chiqib olishi, sakrashi, mebellar ichiga, stol taglariga yashirinish mumkin.
Bu holat ulardagi tabiiy tanlanish jarayonidagi raqobat, boshqalardan ajralib turish, oldinda turishga intilish,
ustunlik hissini shakllantirish zaruriyatini ifodalaydi. Shuningdek, oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi doʻstona
tortishuvlar ularning aqliy va hissiy rivojlanishi uchun ijobiy zamin yaratadi. Tarbiyachi-oʻqituvchilar esa,
har doim ham oʻgʻil bolalarning bunday ehtiyojlarini toʻgʻri anglamaydilar va tanbeh berish, ma’naviy
uyaltirish orqali oʻzida bolalarni quvonchidan mahrum qilishlari yoki tabiiy rivojlanishga toʻsqinlik qilishlari
mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bola uchun oʻyin - bu oʻz manfaatlari, istaklari, afzalliklari, hayollarini
roʻyobga chiqarish, har ikkala jins vakillari bilan oʻzaro munosabatda boʻlish tajribasini toʻplash, selektivlik,
tanlov erkinligi, tashabbuskorlik, mustaqillik, ijodkorlik ehtimoli mavjud boʻlgan maxsus dunyo. Oʻyin
maktabgacha yoshdagi bolaga turli xil ijtimoiy rollarni, munosabatlarni (oʻyin va haqiqiy) sinab koʻrishga,
koʻplab ijobiy his-tuygʻularni, taassurotlarni, unutilmas, quvonchli daqiqalarni topishga imkon beradi. 5-6
yosh atrofidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya olayotgan bolalar oʻynay boshlagan rolli oʻyinlar
bolalarda gender tanish, gender oʻziga xosliklarni ajratish jarayoni boshlanganini koʻrsatadi. Bunda bolalar
oʻyin faoliyatida ayollar va erkaklarning kasbiy, shaxsiy fazilatlari va koʻnikmalarini oʻzlariga taqlid uchun
qabul qila boshlaydilar, ya’ni bolalar oilada, ijtimoiy muhitda yoki koʻchada, ommaviy axborot vositalari
https://buxdu.uz
|
| |