|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 184/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
132
keluvchi dastur va darsliklar asosida tarbiyalash, oʻqituvchilarning malakasini doimiy ravishda oshirib borish
kabi bir qancha masalalarni ijobiy hal qilishga qaratilgan.
Asosiy qism. Koʻpgina mamlakatlar singari Oʻzbekistonda maktab ta’limini yangi bosqichga
koʻtarishda rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga tayanadi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, maktab
ta’limi bugunga kunga qadar rivojlanishning bir qancha bosqichlaridan oʻtgan. Oʻquv jarayonini tashkil
etishda bir qancha ta’lim tizimlari amalga kiritilgan. Oʻzini oqlamagan tizimlar oʻrnini boshqasi egallab
boravergan. Buni birgina Amerika ta’limi misolida ham koʻrishimiz mumkin.
XX asrning soʻnggi choragiga kelib AQShdagi davlat maktablaridagi ta’lim sifati koʻpchilikni
xavotirga sola boshladi. Chunki davlat maktablarida tahsil olayotgan oʻrtahol oilalarning 17 yoshgacha
boʻlgan bolalari oʻrtasida savodsizlik koʻrsatkichlari 13 foizni tashkil etgan boʻlsa, 40 foizga yaqinida
fikrlash va yozish qobiliyati past edi. Bu esa millat kelajagi uchun katta xavf tugʻdirishi tabiiy hol edi.
Qolaversa, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari ham ischi kuchining yangi avlodidan xavotirga tusha
boshladilar. Korxona va tashkilot egalari ta’limni rivojlantirish uchun mablagʻ ajratib, oʻquvchilarni oʻqish,
yozish, matematik koʻnikmalarini shakllantirish lozimligi haqida shikoyat qila boshlashdi.
Davlat tashkilotlari tomonidan davlat maktablarini takomillashtirish zarurati keng e’tirof etilganligi
sababli maktablar intensivlashitirila boshlangan. Oʻquv dasturlari va yuqori standartlarga yoʻnaltirilgan
islohotlarni chuqurlashtirish ishlari boshlangan. Oʻqituvchilarning akademik qobiliyatlari qayta sinovdan
oʻtkazilib, ularning ish haqlari oshirilgan, oʻquvchilarga yuqori akademik talablar qoʻyilgan, ulardan orasida
tez-tez sinov topshiriqlari olingan, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga yordam berilgan. Qilingan sa’y-
harakatlar natijasida ta’lim sifati asta-sekinlik bilan yuqori pogʻonalarga koʻtarila boshlagan. Bunda oʻquv
jarayoniga intensiv ta’limning tatbiq etilishi alohida ahamiyatga ega boʻlgan.
Intensiv ta’lim (pedagogik ensiklopediyada) - fransuzcha “intensif”, lotincha “intension” – “gʻayrat
qilish”, “kuchayish” “jadal” soʻzlaridan olingan boʻlib, tezkor amalga oshiriladiga oʻquv jarayonini
ifodalaydi.
Amerikalik pedagog olim Fallon Karin 90-yillarda intensiv ta’lim orqali maktab ta’limini rivojlatirish
borasida oʻz ilmiy izlanishlarini olib boradi. U maktablar haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Mukammal
holda maktab - bu tuzilgan tashkilot, chunki u oʻqish va oʻqitish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi,
shu bilan birga, maktabning markaziy ishi oʻqitish va oʻrganish. Maktabning mahsulotlari - bu bilim,
koʻnikma, malaka, kompetensiyaga ega boʻlgan bitiruvchilardir. Maktab kam mahorat, bilimga ega va
yomon xulqli boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalasa, jamoatchilik maktablar oʻz ishlarini toʻgʻri
bajarmayotganidan tashvishlanadi”.
Fallon Karin maktablarda intensiv ta’limni joriy etishda bir qancha savollarga javob topishga harakat
qiladi:
1) bu maktablarni tashkil qilishning eng yaxshi usuli, oʻqitish va oʻrganishni kuchaytiradigan usulmi?
2) intensiv ta’lim oʻqituvchilar va talabalar uchun eng yaxshi ish joyi sharoitlarini yaratadimi?
3) yaxshi maktab qanday tuzilishi kerak?
4) ta’lim va tarbiya uchun eng yaxshi sharoitlar qanday?
Amerika maktablarida intensiv ta’limning joriy etilishida eng avvalo maktab dars jadvallari qayta
koʻrib chiqilgan. Maktab oʻqituvchilari 30 kun davomida 1 fanni oʻqitishgan. Oʻquvchilar kun davomida
faqat bitta oʻqituvchi bilan qolib, 4 soatlik akademik mashgʻulotlarni bajarishgan. Oʻqituvchilar bitta kichik
guruh bilan 30 kun yoki 120 soat davomida intensiv ishlagan.
Maktablarda intensiv oʻqitishni joriy etish orqali bir qancha yutuqlarga erishilgan:
1. Intensiv talim
a) sinf oʻquvchilar hajmini
kamaytirgan;
b) sinfda oʻqish davrlarini
uzaytirgan;
d) oʻqituvchilar har kuni
oʻqitadigan mavzular
sonini kamaytirgan.
2. Dars jadvalidagi oʻzgarishlar
quyidagi jarayonlardagi
oʻzgarishlarning rivojlanishiga
koʻmaklashgan
.
a) oʻzaro aloqalar;
b) oʻqitish usullari;
d) mavzuga jalb qilish;
e) oʻqituvchining
professionalligi;
3. Yaratilgan sharoitlar
tufayli amalga oshirilgan
ushbu jarayonlar quyidagi
imkoniyatlarni taqdim etadi.
a) akademik yutuqlar;
b) yaxshi munosabatlar;
d) faol ishtirok etish;
e) qoniqish.
https://buxdu.uz
|
| |