|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
14
egallagan soʻzlar toʻplamini, soʻz zaxirasini (boyligini) ifodalaydi. Soʻz zaxirasi faol va faol boʻlmagan deb
ikki turga ajratiladi. Faol soʻz zaxirasi inson ogʻzaki nutq va xatda (yozuvda) ishlatadigan soʻzlarni qamrab
oladi. Faol boʻlmagan soʻz zaxirasi inson oʻqiganda yoki eshitganda taniydigan (biladigan), ammo ogʻzaki
nutqda va yozuvda ishlatmaydigan soʻzlardan iborat [6].
Oʻquv fanining oʻquv tezaurusi va talabaning shaxsiy tezaurusi – leksikoni nimasi bilan farq qiladi?
Buning uchun ularning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq.
Oʻquv tezaurusining tarkibi matematik analiz fani misolida tavsiflangan boʻlib, bunga koʻra
mavzuning oʻquv tezaurusi mavzuga oid tushunchalar, mavzuga mos oʻquv va umummatematik faoliyati
usullari, asosiy masalalar va shu masalalarni yechish boʻyicha faoliyat usullaridan tashkil topgan [16].
Yuqoridagi savolga aniq javob berish uchun ma’lumot, axborot, bilim tushunchalariga murojaat
qilamiz.
Axborot ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot [17].
Axborot - biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot [18].
Axborot - taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar
haqidagi ma’lumotlar [2].
Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar
shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlardir [21].
Ma’lumotlar – voqea, hodisalar haqida qayd qilingan xabarlar, u bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ba’zi
faktlar toʻplamidir. S.I.Ashmarina va A.V.Filatovaning fikricha, ma’lumotlar axborotning “eng past
darajasi”dir [3].
Agar ma’lumotlar bir butunga aylantirilsa va ular sharhlansa, u holda ma’lumotlar toʻliq axborotga
aylanadi. “Bilim” kategoriyasi falsafa, psixologiya, tilshunoslik, informatika, kibernetika va, albatta,
pedagogikada oʻrganiladi, bu esa bilim tushunchasining fanlararo tabiatga egaligini koʻrsatadi.
Agar ilmiy adabiyotlardagi “bilim” atamasining ta’rifiga murojaat qiladigan boʻlsak, atamaviy
nomuvofiqlikni koʻrishimiz mumkin, bu ta’riflardagi bilimlar va axborotlarning bir-biri orqali izohlanishida
namoyon boʻladi.
Bilim oʻquvchi va talabalarning tabiat, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan ma’lumotlari.
Oʻquvchi yoki talabalarga taqdim etiladigan nazariy ma’lumot [13].
Bilim - bu qarorlar qabul qilish va muammolarni hal qilish uchun foydalanilgan va foydalaniladigan
qayta ishlangan axborotlar, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlanishi haqidagi axborotlar [19].
Axborot – ma’lum bir belgilar (ramziy, obrazli, imo-ishora, tovush, sensomotor tipdagi) yordamida
aktuallashtiriladigan (qabul qilinadigan, uzatiladigan, oʻzgartiriladigan, siqiladigan yoki qayd etiladigan)
ma’lumotlarning, bilimlarning ma’lum bir ketma-ketligidir [6].
V.P.Sidyakinning fikricha “bilimlarni uzatish” va “bilim almashinuvi” soʻz birikmalari haqiqiy
jarayon emas, balki nutq iboralaridir. Buning sababi shundaki, bu iboralar nafaqat fanda, balki tabiiy
(kundalik) nutqda ham faol qoʻllaniladi va bu, albatta, oʻz izini qoldiradi - kontekstlarning farqi paydo
boʻladi va ildiz otadi [15].
“Axborot”, “ma’lumotlar”, “bilim” tushunchalarini R.Burkhard [20] quyidagicha tavsiflaydi:
ma’lumotlar - faktlar, axborot - faktlarning talqini, bilim - shaxsiylashtirilgan axborotlar.
Agar “axborot” va “bilim” tushunchalari oʻrtasidagi munosabat haqida gapiradigan boʻlsak, biz
hozirda keng tarqalgan DIKW modeliga murojaat qilishimiz kerak (inglizcha data, information, knowledge,
wisdom - ma’lumotlar, axborot, bilimlar, donolik) [8]. Ushbu modelda “ma’lumot”, “axborot”, “bilim” va
“donolik” tushunchalari ierarxik tizim sifatida taqdim etiladi, bunda har bir daraja oldingisiga asos va
qoʻshimcha hisoblanadi (1-rasm). Birinchi bosqichda ma’lumotlar (data) mavjud boʻlib, ular asosida
axborotlar (information) quriladi, keyin - bilim (knowledge), oxirgi bosqichda - donolik (wisdom).
Donolik (wisdom)
Bilim (knowledge)
Axborot (information)
Ma’lumot (data)
|
| |