|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Asosiy qism. Pedagogikada tezaurus tushunchasining turli talqinlarini oʻrganish [1, 5, 9, 11] fan
tezaurusi, oʻquv tezaurusi, talaba tezaurusi tushunchalaridan foydalanilishidan dalolat beradi. Ammo bu
mualliflarning ishlarida talabaning tezaurusi va oʻquv tezaurusi tarkibi qiyosiy tahlil qilinmaydi. Balki ular
bir-biriga oʻxshash tarkibga ega deb hisoblanadi. Masalan, A.A.Miroshnichenkoning [10] fikriga koʻra oʻquv
tezaurusi - bu yangi bilimlarni ochishga yoʻnaltirilgan, barcha koʻnikmalarni, barcha operatsiyalarni oʻz
ichiga olgan faoliyat vositasi, bu talabaga oʻz faoliyatini tashkil qilishga, tuzatishga, tartibga solishga yordam
beruvchi vosita, bu talabani eng kam kuch va vaqt sarflash bilan belgilangan natijalarga eltuvchi vosita.
Muallifning fikriga koʻra oʻquv tezaurusi, avvalo deskriptorlarni – tayanch tushunchalar va berilgan
tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy operatsiyalarni oʻz ichiga oladi, shaxsiy tezaurus esa
oʻzlashtirilgan oʻquv fanining tezaurusi sifatida talqin qilinadi.
L.I.Gurye [5] ta’limdagi tezaurus deb elementar tushunchalar (qonunlar, nazariyalar, metodlar,
muammolar, ilmiy faktlar) toʻplamidan va ular orasidagi (aniqlashtirish, izohlash, sinxronizatsiya va
boshqalar), aloqalardan, shuningdek, bir-biriga kiradigan tuzilmalar majmui (elementar tushunchalar,
elementar tuzilmalar, ularning elementar tushunchalari va boshqalar) natijasida hosil boʻlgan til muhiti kabi
tavsiflaydi.
I.R.Abdulmyanova [1] boʻlajak tarjimonlarning kasbiy tayyorgarligini ularining shaxsiy tezauruslari
asosida koʻrib chiqadi. Olimaning fikriga koʻra, shaxsiy tezaurus bu ochiq, iyerarxik va dinamik tuzilish
bilan tavsiflangan va insonning mavjud bilimlari va tajribasini saqlashga, shuningdek, yangilarini olishga
xizmat qiladigan tushunchalar, bu tushunchalarni shaxs xotirasidan chaqiradigan soʻzlar va ular oʻrtasidagi
aloqalarning murakkab koʻp darajali tizimi.
Ilmiy adabiyotlarda talabaning shaxsiy tezaurusi atamasi bilan bir qatorda leksikon atamasi ham
ishlatiladi. Leksikon – qadimiy yunonchadan bevosita tarjimasi “soʻz” maʼnosini anglatadi. Leksikon inson
https://buxdu.uz
|
| |