|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
10
3-rasm. Individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi.
Har bir kursdagi alohida mavzu boʻyicha videodars, taqdimot, adabiyotlar mavjudligi, har bir
mavzudan keyin oʻzlashtirish darajasini aniqlash imkoniyati (agarda tinglovchi ma’lum mavzuni
oʻzlashtirishi past boʻlsa keyingi mavzular ochilmaydi va qayta oʻzlashtirish imkoniyati beriladi), rahbar va
mutaxassislar kamida 30 soat (15 kredit), pedagoglar 36 soat (18 kredit) malaka oshirishdan oʻtgandan keyin
malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat, har bir tinglovchining natijalaridan kelib chiqib shaxsiy
portfoliosi shakllanishi, muqobil malaka oshirish shakllaridan foydalanish uchun muayyan kredit toʻplash
imkoniyati, malaka oshirish davrida turli vebinarlarda cheklanmagan vaqtda cheklanmagan sondagi
tinglovchilar ishtirok etishi (bunda tinglovchi onlayn vebinarda ishtirok etmasa vebinarning arxivini koʻrishi
mumkin), vebinarlar oʻtkazish paytida turli onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish imkoniyati, yaratilgan kurslar
sifatini baholash (5 balli tizimda), tinglovchilar va tyutorlar oʻrtasida oʻzaro muloqot qilish va fayl almashish
hamda tinglovchilar tomonidan oʻzlarining mualliflik kurslarini joylashtirish va boshqa tinglovchilarga
oʻrtoqlashish imkoniyatlari beruvchi tizim yaratildi (4-rasm).
4-rasm. Har bir tinglovchining shaxsiy portfoliosi.
Muhokamalar va natijalar. “Uzluksi kasbiy ta’lim” elektron platformasi statistikasi - bilim sohasi,
massiv statistik (miqdoriy yoki sifat) ma’lumotlarni toʻplash, oʻlchash, monitoring qilish, tahlil qilish va
ularni taqqoslashni son shaklida oʻrganish.
Respublikamizda Xalq ta’limi tizimi tasarrufida 10130dan ortiq umumta’lim muassasalari boʻlib,
hozirda 511000ga yaqin rahbar va pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 2022-yil 20-yanvar holati
boʻyicha uzluksiz kasbiy ta’lim maxsus elektron platformasidan roʻyxatdan 256245 nafarga yaqin xalq
ta’limi xodimlari (maktab rahbarlari, fan metodistlari, oʻqituvchilar, va b.q.) platforma orqali onlayn
roʻyxatdan oʻtishdi.
|
| |