|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
8
Oʻzbekiston Respublikasida Xalq ta’lim tizimi ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining qayta
tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarida foydalanish muammosiga alohida e’tibor qaratilgan.
Tadqiqot natijalari quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
- platforma asosiy tushunchalarni umumlashtirish, uning rivojlanish tamoyillarini aniqlash hamda
xodimlarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga xos muayyan vazifalarni aniqlash;
- xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari (rahbar, pedagog va mutaxassis) xodimlari malakasini oshirish
jarayonlarini muntazam monitoring qilish axborot tizimining tarkibiy qismi sifatida elektron plaforma
natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish.
Xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari (rahbar, pedagog va mutaxassis) xodimlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Malaka oshirish sohasini tubdan yangilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy
rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son Qarori bilan sohada yangi tartib
joriy etilishi belgilangan boʻlib, amaldagi tartibga muvofiq, xalq ta’limi xodimlari, shu jumladan,
oʻqituvchilar har 5 yilda bir marta – bir oylik (144 soatga moʻljallangan oʻquv dasturi asosida) malaka
oshirish kursiga jalb etilishi belgilangan. Ushbu qarorda esa 5 yilda bir marta emas, balki har yili, iloji boʻlsa
– har kuni oʻz malaka saviyasini takomillashtirib borishi belgilangan [1].Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini
tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-25-sonli Qarori bilan xalq ta’limi
xodimlarining shaxsiy, kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda hayot
davomida oʻsishi jarayonini qamrab olgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali
kasbiy kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini muntazam rivojlanitirib borish, masofaviy
ta’limning online va offline shakllarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tayanch hududiy
markazlar tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy manbalar asosida qonuniylashtirilgan [3].
Dastlab malaka oshirish kurslari davriylikka asoslangan boʻlib, ya’ni maktab direktorlari uch yilda,
pedagog xodimlar besh yilda bir marotaba (kamida 144 soat)ga rioya qilingan holda malaka oshirish
jarayonlari amalga oshirilar edi. Endilikda biz yuqorida keltirib oʻtgan qarorlar ijrosida Xalq ta’limi tizimi
ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarning malakasini oshirish “Hayot davomida oʻqish” tamoyili
asosida takomillashtirib borishni ta’minlovchi uzluksiz kasbiy rivojlanish (kamida bir yilda 36 soat, 18
kredit) tizimi joriy qilindi. Ushbu qarorda malaka oshirish kurslari ixtiyoriy ravishda online va offline tarzda
ishtirok etishlari koʻrsatib oʻtilgan.
|
| |