• “oʻrganishni oʻrgatish”
  • “Uzluksiz kasbiy ta’lim”
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Asosiy qism. Zamonaviy dunyoda oʻquv dasturlarini kasbiy kompetensiyalarga kengroq e’tibor 
    qaratgan holda tuzish talab etiladi. Bizda fan oʻqituvchilari bor, ammo tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi
    oʻzaro samarali munosabatlarni oʻrnatuvchi kreativ fikrlovchi oʻqituvchilar kam. Oʻquv dasturlari avvalo bu 
    koʻnikmalarni an’anaviy fanlar doirasida oʻqitishni singdirishni, soʻngra bosqichma-bosqich fan 
    mazmunidan oʻquvchilarning malaka va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga oʻtishi kerak. 
    Hozirda an’anaviy oʻqitish usullarining oʻrnini loyiha va muammoli ta’limga asoslangan yondashuvlar 
    asta-sekin egallay boshladi. Bu “oʻrganishni oʻrgatish” tushunchasini ham oʻz ichiga oladi. Bu haqidagi 
    fikrlar oʻtgan asrning 80-yillaridan beri davom etmoqda, ammo hozir bu shoshilinch ehtiyojga aylandi. 
    Biz yoshlarga oʻz-oʻzini tarbiyalash, mustaqil oʻrganish koʻnikmalarini oʻrgatishimiz kerak - buning 
    uchun avvalo maktab oʻqituvchilari ham faol boʻlishi hamda oʻz ustida muntazam ishlashi kerak boʻladi. 
    Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari (rahbar, pedagog va mutaxassis) 
    xodimlari malakasini oshirish, monitoring olib borish, axborot tizimining tarkibi qismi sifatida elektron 
    portfolio natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish 
    http://onlinedu.uz
    elektron platformasining kirish 
    rejimida joylashgan boʻlib, ulardan foydalanishning darajalari mavjud – rahbar darajasi, pedagog xodimlar 
    darajasi va mutaxassis darajasi mavjud. 
     “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan 
    xodimlar malakasini oshirishda tashkil etilgan dastlabki kurslar dasturi tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib 
    chiqqan holda tuzildi. Bu kurslar zamonaviy pedagog va XXI asrda faoliyat yuritishga qobiliyatli 
    mutaxassisni rivojlantirish maqsadida doimiy takomillashib borishi koʻzda tutilgan (1-rasm).
    2016-yilda Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida (WEB) ma’ruzachilar zamonaviy mehnat 
    bozorida talab qilinadigan asosiy koʻnikmalarni aytib oʻtdilar, ular:
    - har bir mutaxassis uchun zarur boʻlgan kasbiy koʻnikmalar - hard skills; 

    raqamlar orqali baholash qiyin boʻlgan moslashuvchanlik koʻnikmalari - soft skillsga ajratadilar.
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish