|
-rasm. Oʻquv tezaurusi, oʻquv axboroti va talaba leksikoni orasidagi munosabatBog'liq pedagogik mahorat 2022 12-rasm. Oʻquv tezaurusi, oʻquv axboroti va talaba leksikoni orasidagi munosabat.
Bu rasmdan (modeldan) koʻrinadiki, talaba leksikonini shakllantirish oʻquv tezaurusi asosida oʻquv
axborotini shakllantirish va uzatishga bevosita bogʻliq boʻladi. Demak, fan metodikasining asosiy
vazifalaridan biri oʻquv tezaurusi asosida oʻquv axborotini shakllantirish va bunda talabaning mavjud
leksikonini aniqlash va e’tiborga olishdan iborat deb qarashimiz mumkin.
Talabaning oʻquv matematik faoliyati bilan boʻgʻliq boʻlgan leksikonini uning matematik leksikoni
deb ataymiz. Talabaning matematik leksikonida uchta tashkil etuvchisini ajiratish mumkin. Birinchi tashkil
etuvchisi oʻquv tezaurusining nazariy tashkil etuvchisi bilan bogʻliq boʻlib, matematik tushunchalar, ularning
ta’riflari, ular orasidagi munosabatlarni ifodalovchi teoremalarni oʻzlashtirishni nazarda tutadi. Ikkinchi
tashkil etuvchisi bevosita matematik faoliyat bilan bogʻliq va koʻnikmalar, ijodiy faoliyat tajribalarini
egallash bilan tavsiflanadi. Matematik leksikonning uchun chi tashkil etuvchisi bevosita talabaning shaxsiy
sifatlari bilan bogʻliq, u talabaning boʻlgʻusi kasbiga, xususan oʻquv jarayonida oʻzlashtirayotgan bilimlariga
qadriyatli munosabatlari va matematik madaniyat darajasi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, talabaning
matematik leksikoniga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Talabaning matematik leksikoni – bu talabaning
matematik bilim, koʻnikma, malaka, tajribalari hamda kasbiy qadriyatlari va matematik madaniyatining
ochiq tizimi. U uzluksiz matematik ta’lim yoki mustaqil bilim olish jarayoni natijasi hisoblanadi. Bu
ta’rifdan oʻquv tezaurusi va talaba leksikonining yana bir farqini koʻrishimiz mumkin: oʻquv tezaurusi
malaka talablar, fan dasturlariga bogʻliq boʻlgan yopiq tizim tashkil qilsa, talaba leksikoni esa ochiq tizim.
Xulosa. Ushbu maqolada oʻquv tezaurusi va talabaning leksikoni tushunchalarining munosabati
haqidagi masala ma’lumot, axborot va bilim tushunchalari orasidagi munosabatlar yordamida oʻrganib
chiqildi; oʻquv tezaurusi talaba leksikoni orasida oʻquv axboroti mavjudligi asoslandi; fan metodikasining
Oʻquv tezaurusi
→ Oʻquv axboroti
→
Talaba leksikoni
https://buxdu.uz
|
| |