|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnalBog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: qualification, pedagogical qualification, students of higher education institution,
principles, formation of competence.
Kirish. XXI asr yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt asri deb e’tirof etilmoqda. Shiddat bilan oʻzgarib
borayotgan zamonda yashar ekanmiz, biz tayyorlayotgan mutaxassis, zamon talabiga javob berishi lozim
ekanligini chuqur anglab yetayapmiz. Barcha sohalarda boʻlayotgani kabi, oliy ta’lim sohasida ham keng
qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Oliy ta’lim muassasasidagi talabalarni yetuk mutaxassis
sifatida shakllantirish uchun talabalarda pedagogik kompetensiyani shakllantirish zaruriyati paydo boʻla
boshladi.
Asosiy qism. “Kompetentlik” (ingl. “competence” - “qobiliyat”) - faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni anglatadi.
Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim uchun eng muhim masalalardan biri - talabalarda pedagogik
kompetensiyani shakllantirishdir. Shu munosabat bilan pedagogik kompetensiya nimadan iboratligini ilmiy
nuqtayi nazardan oʻrganish zarur. Pedagogik kompetensiyaga nima tegishli ekanligini, uning tarkibiy qismi
sifatida uning mohiyatini ochib berish.
Pedagogika oliy oʻquv yurtida oʻqish jarayonida talabalarda pedagogik kompetensiyalarni
shakllantirishning zamonaviy ilmiy adabiyotlarida taklif etilgan usullariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Oʻrganilgan adabiyotlar asosida ushbu dolzarb muammoni hal qilishda oʻz yondashuvlarimizni taklif
qilamiz, ya’ni universitet talabalari oʻrtasida pedagogik kompetensiyani shakllantirish tamoyillarini belgilab
olamiz.
Pedagogik kompetensiyani V.Saksonova psixologik-pedagogik bilim sohasidagi kompetensiyalar
majmuasida ifodalangan shaxsning ajralmas xususiyati sifatida izohlaydi; shaxsning ijtimoiy va qadriyat
xususiyatlarini rivojlantirish va oʻz-oʻzini rivojlantirish jarayoniga faol ta’sir koʻrsatish qobiliyati, bu
jamoada ijtimoiy va qadriyat funksiyalarini bajarishga, xatti-harakatlarning salbiy koʻrinishlarining oldini
olish va bartaraf etishga imkon beradi. Tadqiqotchi ta’kidlaydiki, pedagogik kompetensiyaning strukturasi
murakkab boʻlib, shaxsning oldingi tajribalar asosida muayyan vaziyatda zarur bilim, koʻnikmalarni safarbar
qilishga tayyorligidir.
Koʻpchilik pedagoglar pedagogik kompetensiyani oʻquv jarayonida egallanadigan va psixologik,
pedagogik hamda maxsus (mavzu boʻyicha) bilimlar majmuini oʻz ichiga olgan muayyan pedagogik
https://buxdu.uz
|
| |