|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 207/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
147
ham qaynaydi), “Тёща - это мать, которая уже не нужна” (Qaynona - kerak boʻlmay qolgan ona),
“Тёща до свадьбы лисица, а после - львица” (Toʻygacha qaynona tulki, toʻydan soʻng sher), “Выбирать
невесту – глупо! Главное – выбрать тещу!” (Xotin tanlash befoyda, qaynona tanlash lozim).
Rus maqollarining tahlili yana shuni koʻrsatadiki, ularda ayolni hayvonga qiyoslash holatlari ham yoʻq
emas. Ba’zi rus maqollarida ayol shu darajada kamsitilganki, ularda ayol insoniy qadr-qimmatdan butunlay
mahrum qilingan jonzot sifatida namoyon boʻladi. Masalan: “Курица не птица, а баба не человек” (Tovuq
qush emas, ayol odam emas).
Koʻplab xalqlar, xususan, rus madaniyatida uzun sochlar doimo ayol goʻzalligining timsoli boʻlib
kelgan. Maqollarda esa ushbu goʻzallik ayolning aqlsizligi bilan qiyoslanadi, ya’ni ayolning sochi qanchalik
uchun boʻlsa, aqli shuncha kam boʻladi: “У Бабы ума – что волос на яйце” (Tuxumda qancha soch boʻlsa,
ayolning aqli ham shuncha); “У Бабы ума – что волос на камне” (Toshda soch yoʻq, ayolda ham aql
yoʻq); “Бабий умок короткий” [10] (Ayolning aqli qisqa).
Biroq dalillar shuni koʻrsatadiki, bizni oʻrab turgan olamning 75 foizi ayol tabiatiga nisbat beriladi.
Hattoki asrlar davomida tomonlar oʻrtasida ashaddiy va qonli urushlar sababi boʻlgan yerga nisbatan ham
Ona yer deyiladi.
Аyollar tabiati, xulq-atvori va erkaklarga munosabati masalasi qanchalik munozarali boʻlmasin, aynan
ayol yuksak marralar sari yetaklovchi ulkan kuch, xilqat va sir boʻlib qolaveradi.
“Аyol” konseptining yuqoridagi barcha koʻrinishlari uning leksik ifodasiga taʼsir etib, asta-sekin
mazkur konsept oʻzagiga yangi maʼnolar qoʻshib borgan. Аmmo bir narsa oʻzgarmas va shubhasizdir: bu
konsept dunyoning barcha lisoniy va nolisoniy manzarasi uchun ustuvor ahamiyatga ega.
Xulosa. Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Boshqa millat madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib, oʻz madaniyatining
ahamiyatini anglash mushkul.
2. Maqollar dunyo insoniy manzarasining konstantalari sifatida etnosning dunyoqarashini mujassam
etgan oʻziga xoslikni namoyon qiladi.
3. Maqollarda ayol xususiyatlari keng va atroflicha qamrab olingan. Lekin shunga qaramay, ayollarga
nisbatan shakllangan subyektiv munosabat bilan birga, aynan maqollarda insoniy munosabatlar tadriji va
tarixini kuzatish mumkin. Shubhasizki, bu kabi meros kelajak avlod tarbiyasi uchun , xususan, genderga oid
tushunchalarni vujudga keltirish, ayolga nisbatan hurmat va e’zoz tuygʻularini shakllantirishda qoʻllanma va
yoʻnalish boʻlib xizmat qiladi.
|
| |